Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temiryoʻl vokzallari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temiryoʻl vokzallari va ulardagi boʻsh joylar davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga beriladi. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabariga koʻra, temiryoʻl sohasida biznes…

Кирилл
Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temiryoʻl vokzallari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temiryoʻl vokzallari va ulardagi boʻsh joylar davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga beriladi.
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabariga koʻra, temiryoʻl sohasida biznes jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish hamda respublikaning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida 10-oktyabr kuni prezidentining “Oʻzbekiston temiryoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Noyabr oyidan boshlab, “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ tomonidan Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temiryoʻl vokzallari, ularda joylashgan boʻsh hududlarni tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik hamda shartnoma asosida ijaraga beriladi. Tadbirkorlar vokzallar va boʻsh joylarni ijaraga olishlari va ularda bizneslarini rivojlantirishlari uchun imkoniyati yaratildi.

Toshkent-Markaziy temiryoʻl vokzalida tadbirkorlar uchun 4 ming kvadrat kilometr joy boʻlib, xususiy sherikchilik hamda ijaraga berilmoqda. Bu yerda tadbirkor ofis uchun joy, mehmonxona, doʻkon, xizmat koʻrsatish shoxobchalari hamda savdo markazlari tashkil qilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, temiryoʻl vokzallaridagi boʻsh hududlarni ijaraga olmoqchi boʻlgan tadbirkorning taklifi oʻrganilib, tanlangan joy E-auksion platformasi orqali ijaraga beriladi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid