Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Toshkentda 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi

Toshkent viloyatida temiryoʻl relsi ustidan oʻtayotgan 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi. Maʼlum boʻlishicha, fuqaro temiryoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotganida uni yoʻlovchi poyezd urib…

Кирилл
Toshkentda 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi

Toshkent viloyatida temiryoʻl relsi ustidan oʻtayotgan 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro temiryoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotganida uni yoʻlovchi poyezd urib yuborgan. Fuqaro voqea joyida vafot etgan. Tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida fuqaro spirtli ichimlik ichgani aniqlangan.
Marhumning onasi oʻgʻli bir kun oldin farzandli boʻlganini, ayolini tugʻuruqxonadan olib chiqish uchun tayyorgarlik koʻrish maqsadida uyidan chiqib ketganligini aytgan.

“Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 31 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida poyezd Gentra mashinasini urib yuborishi oqibatida bir oilaning 5 nafar aʼzosi halok boʻlgandi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid