Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Toshkentda yoʻlovchi avtobus yoʻlning qatnov qismida toʻxtab turgan Nexia bilan toʻqnashdi (video)

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda avtobus va yengil mashina toʻqnashgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 10-noyabr kuni soat 8:00…

Кирилл
Toshkentda yoʻlovchi avtobus yoʻlning qatnov qismida toʻxtab turgan Nexia bilan toʻqnashdi (video)

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda avtobus va yengil mashina toʻqnashgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 10-noyabr kuni soat 8:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasi Ashxobod bogʻi chorrahasida sodir boʻlgan. 41 yoshli haydovchi boshqaruvidagi 21-sonli yoʻnalishdagi avtobus Nexia-1 avtomobili bilan toʻqnashib ketgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, harakat vaqtida avtobus yoʻl qatnov qismining chap boʻlagida hech qanday avariya holatini anglatuvchi belgilarini qoʻymasdan va avariya chiroqlarini yoqmasdan toʻxtab turgan Nexia-1ʻning orqa qismiga borib urilishi oqibatida YTH sodir boʻlgan.
Sodir etilgan ushbu YTH natijasida Nexia-1 haydovchisi yengil tan jarohati olgan. Avtobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid