Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Urgut tumanida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.B.” MChJ rahbari R.E. aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida bank muassasasidan…

Кирилл
Urgut tumanida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.B.” MChJ rahbari R.E. aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida bank muassasasidan ajratilgan 2,2 mlrd soʻm imtiyozli kredit evaziga kartoshka mahsulotini import qilmasdan ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi hamda 497,9 mln soʻm soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid