Valyutafurushlarga sud hukmi oʻqildi.
A.A va B.B oʻzaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlishib, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanib kelib, olingan tezkor maʼlumotlarga asosan 20.06.2024 yilda…
A.A va B.B oʻzaro oldindan jinoiy til
biriktirib, bir guruh boʻlishib, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof
ravishda olish yoki oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanib kelib, olingan tezkor
maʼlumotlarga asosan 20.06.2024 yilda Departamentning Surxondaryo viloyat
boshqarmasi, Shoʻrchi tuman boʻlimi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Shoʻrchi tumani,
mahallasida joylashgan “Asl Bunyodkori” MChJ
savdo markazi avtoturorgohi hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A” ismli xaridorlarga har 1 AQSh dollarini 12.700 soʻmdan, 3.100 AKSh dollarini jami 39.370,0 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish jinoyatini qacddan codir etganlikda ayblanib sudga berilgan.
Sud hukmi bilan har ikkali sudlanuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi JK 177-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi hamda sutkaning kech soat 21:00dan ertalab soat 07:00ga qadar yashash joyidan chiqishi cheklandi.
Sud sydlanuvchilardan olingan 10.500 Rosciya rubli va 3 mln 535 ming coʻmni cydlanuvchi yon choʻntagidan olingan 10 AQSh dollari va 100 Rossiya rublini egasiga qaytarishlikni, shuningdek qonunga xilof ravishda sotilgan vaqtda olingan valyuta qimmatlaridan 3.100 (uch ming yuz) AQSh dollarini davlat egaligiga oʻtkazishni lozim topdi.
Albatta, jinoyatga jazo muqarrar. Har ikki sudlanuvchilar qilmishlariga yarasha jazo oldilar. Zero, jazoning maqsadi, shaxsni nafaqat tarbiyalash, shu bilan birgalikda jinoyatning oldini olishdan ham iboratdir.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining sudyasi Sh.Qodirov