Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Viloyatda qurilish sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida voha faollari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirokida viloyatda qurilish sohasini rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni ishga solish masalalariga…

Кирилл
Viloyatda qurilish sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida voha faollari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirokida viloyatda qurilish sohasini rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov shu vaqtga qadar viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Xidirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani hamda mazkur lavozimga Amirov Alisher Xurramovich tayinlanganini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari tomonidan sohada o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar sanab o‘tilib, istiqboldagi vazifalar, yangi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi. A.Amirovning kelgusidagi rejalari tinglandi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid