Xotira mangu – qadr abadiy
Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi uchun kurashib, shu yoʻlda jonini fido etgan yurtdoshlarimizning nomlari unutilmaydi va xotiralari qalblarda mangu yashaydi. Viloyat hokimligi huzuridagi “Intellekt” istiqbolli kadrlar…
Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi uchun kurashib, shu yoʻlda jonini fido etgan yurtdoshlarimizning nomlari unutilmaydi va xotiralari qalblarda mangu yashaydi.
Viloyat hokimligi huzuridagi “Intellekt” istiqbolli kadrlar tayyorlash oʻquv markazi bilan hamkorlikda viloyat soliq boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi tadbir qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlandi.
Unda yurtboshimiz tashabbusi bilan siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz bordi.
Tarix fanlari doktori, professor Toshkentboy Pardayev 1937-1953 yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz qatagʻon siyosatining qurboni boʻlganligi, bugungi dorilomon kunlar oʻz-oʻzidan qoʻlga kiritilmaganligini taʼkidlab oʻtdi.
Darhaqiqat, bugungi tinch va osoyishta kunlarimizga shukrona aytish, yosh avlodni Vatanimiz ozodligi yoʻlida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirish har birimizning burchimizdir.