Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Denov tumanidagi maktablarda Bilimlar kuni keng nishonlandi

Bugun Denov tumanida “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida yurtimiz Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan barcha o‘quv dargohlarda tadbir bo‘lib o‘tdi.…

Denov tumanidagi maktablarda Bilimlar kuni keng nishonlandi

Bugun Denov tumanida “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida yurtimiz Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan barcha o‘quv dargohlarda tadbir bo‘lib o‘tdi. Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov 77-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tadbirda ishtirok etib, 1-“V”sinf o‘quvchilariga Mustaqillik darsini o‘tdi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Akmal Inatullayev hamda soha rahbarlari, ota-onalar, nuroniy ustozlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatanni tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlar namoyish etildi. Joriy o‘quv yilida maktab ostonasiga ilk bor 8992 nafar jajji  o‘g‘il-qizlar qadam qo‘ymoqda.

Mavzuga oid