Yevropa Ittifoqi Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochadi
Suriyani Rossiya harbiy bazalaridan tozalash sharti qoʻyilmoqda. Yevropa Ittifoqining Suriya boʻyicha elchisi Mixael Onmaxt mamlakatning yangi rahbariyati bilan “birinchi aloqalarni” oʻrnatdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatik…
Suriyani Rossiya harbiy bazalaridan tozalash sharti qoʻyilmoqda.
Yevropa Ittifoqining Suriya boʻyicha elchisi Mixael Onmaxt mamlakatning yangi rahbariyati bilan “birinchi aloqalarni” oʻrnatdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatik departamenti rahbari Kaya Kallas maʼlum qildi.
“Suriyada “vakuum” qolmasligi kerak, u yerda Yevropa Ittifoqining mavjudligi zarur”, dedi u.
Kallasning fikricha, muloqot sharti Suriyani Rossiya harbiy bazalaridan tozalash. Ushbu obʼektlar orqali Rossiya Afrika va “Global janubdagi” boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda, bu esa “Evropa xavfsizligi uchun ham tashvish uygʻotadi”, dedi vakil.