Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +3° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Floridada sodir boʻlgan dovuldan soʻng 13 kishi bakteriya sabab vafot etdi

Vibrio vulnificus bakteriyasini yuqtirgan har beshinchi odam vafot etadi. “Helen” va “Milton” dovullari taʼsiriga uchragan AQShning Florida shtatida Vibrio vulnificus bakteriyasi yuqishi oqibatida 13 kishi halok boʻldi. Mahalliy…

Floridada sodir boʻlgan dovuldan soʻng 13 kishi bakteriya sabab vafot etdi

Vibrio vulnificus bakteriyasini yuqtirgan har beshinchi odam vafot etadi.

“Helen” va “Milton” dovullari taʼsiriga uchragan AQShning Florida shtatida Vibrio vulnificus bakteriyasi yuqishi oqibatida 13 kishi halok boʻldi. Mahalliy Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, shtatda jami 76 ta kasallik holati qayd etilgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 30 taga koʻpdir.

New York Post gazetasining Florida sogʻliqni saqlash departamentiga tayanib yozishicha, boʻronlardan keyin qolgan sel suvlari turli bakteriyalar, jumladan, Vibrio vulnificus uchun qulay yashash joyiga aylangan.

Odam ochiq yaralarga dengiz suvini olish yoki xom dengiz mahsulotlarini isteʼmol qilish orqali yuqishi mumkin. Alomatlar orasida isitma, titroq, past qon bosimi va terining shikastlanishi mavjud.

CNN maʼlumotlariga koʻra, 26 sentyabr kuni Florida shtatida “Xelen” toʻfoni sodir boʻlganidan keyin Vibrio vulnificus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 6 tadan 76 taga koʻpaygan.Sentyabr boshida birorta ham kasallik qayd etilmagan Pinellas okrugida 13 kishi kasallangan.

Amerika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda oʻrtacha 150 dan 250 gacha Vibrio vulnificus infektsiyasi mavjud. Yuqtirilgan har beshinchi odam vafot etadi.

Mavzuga oid