Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +3° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Hindistonda Bobur haqida kino olindi

Hindistonda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olindi. Bu haqda “Subhash Yadav” nashri xabar berdi. Film “Bobur – Moʻgʻul imperatori” deb nomlanadi. Kartinada asosiy rollarni taniqli kinoyulduzlar Shohrux Xon,…

Hindistonda Bobur haqida kino olindi

Hindistonda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olindi. Bu haqda “Subhash Yadav” nashri xabar berdi.

Film “Bobur – Moʻgʻul imperatori” deb nomlanadi. Kartinada asosiy rollarni taniqli kinoyulduzlar Shohrux Xon, Ajay Devgan, Ayshvariya Ray, Navazuddin Siddiqiy va Randip Huda, Amitabh Bachchan, Farida Jalol, Kunal Kapur va Sonu Sud ijro etgan.

Film stsenariysi Boburning xotiralari asosida yaratilgan “Boburnoma” memuar asariga asoslangan.

Qayd etilishicha, filmni suratga olish ishlari 2022 yilda boshlangan va hozirda post-prodyuserlik bosqichida. Kartina “Yash Raj Films” homiyligi ostida ishlab chiqarilmoqda. Film rejissyori Nitish Tivar, prodyuseri esa Karan Johar hisoblanadi.

Kartinaning katta ekranlarga chiqish sanasi hozircha eʼlon qilinmagan, biroq film 2024 yilda chiqishi haqida taxminlar mavjud.

Mavzuga oid