Oshxona va bakteriyalar, nimalarga eʼtibor qaratish lozim?
🔸Mavrikiy universiteti tadqiqotchilari bergan maʼlumotlarga koʻra, oshxona sochiqlari va gubkalar ovqatdan zaharlanish va boshqa yuqumli kasalliklarga sabab boʻladigan bakteriyalar rivojlanishi uchun ajoyib muhit hisoblanadi va…
🔸Mavrikiy universiteti tadqiqotchilari bergan maʼlumotlarga koʻra, oshxona sochiqlari va gubkalar ovqatdan zaharlanish va boshqa yuqumli kasalliklarga sabab boʻladigan bakteriyalar rivojlanishi uchun ajoyib muhit hisoblanadi va tekshirishlar natijasida oʻz tasdigʻini topgan.
🔸Oshxonada sochiqlardan qoʻllarni quritish, buyumlarni artish, idishlarni tozalash va boshqa turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, nam sochiqlar patogenlar koʻpayishi uchun qulay sharoit hisoblanadi.
🔸Shuning uchun sochiqlarni tez-tez almashtirish, nam holatda qoldirmaslik, oshxonani dezinfektsiya qilish, muzlatkich, shkaf, eshik tutqichlarini toza saqlash, imkoniyat boʻlsa, bir martalik sochiqlardan foydalanish tavsiya etiladi.
🔸Bolalar yoki keksalar boʻlgan katta oilalar oshxona gigiyenasiga koʻproq eʼtibor berishlari kerak, chunki ularda kasal boʻlish xavfi yuqori boʻladi.