Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekiston Gambiya bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi Oʻzbekiston Gʻarbiy Afrikadagi Gambiya davlati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Shu haqdagi tegishli Qoʻshma kommyunike 14 mart kuni AQShning Nyu-York…

Oʻzbekiston Gambiya bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi Oʻzbekiston Gʻarbiy Afrikadagi Gambiya davlati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Shu haqdagi tegishli Qoʻshma kommyunike 14 mart kuni AQShning Nyu-York shahrida imzolandi. Bu…

Oʻzbekiston Gambiya bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi Oʻzbekiston Gʻarbiy Afrikadagi Gambiya davlati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Shu haqdagi tegishli Qoʻshma kommyunike 14 mart kuni AQShning Nyu-York…

Oʻzbekiston Gambiya bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi

Oʻzbekiston Gʻarbiy Afrikadagi Gambiya davlati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Shu haqdagi tegishli Qoʻshma kommyunike 14 mart kuni AQShning Nyu-York shahrida imzolandi.

Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakili Lamine Dibba imzolagan.


Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirgan. Ikki tomonlama hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni faollashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan. Shu tariqa, Gambiya Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 148-davlat boʻldi.


Eslatib oʻtamiz, 6 mart kuni Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Markaziy Amerikada joylashgan Beliz davlati oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Qoʻshma kommyunike imzolangan edi.

Mavzuga oid