Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekiston va Xitoyning qoʻshma rezolyutsiyasi BMTda maʼqullandi

2024 yil 7 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida Bosh assambleya Xitoy Xalq Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan “Xalqaro tsivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqot…

Oʻzbekiston va Xitoyning qoʻshma rezolyutsiyasi BMTda maʼqullandi

2024 yil 7 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida Bosh assambleya Xitoy Xalq Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan “Xalqaro tsivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqot kuni” deb nomlangan rezolyutsiyani bir ovozdan maʼqulladi.

Rezolyutsiyaga 80 dan ortiq aʼzo mamlakatlar, shu jumladan Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, Armaniston, BAA, Bahrayn, Belarus, Eron, Indoneziya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Qatar, Rossiya Saudiya Arabistoni, Turkiya va Vengriya tomonidan hammualliflik qilgan.

Hujjat Oʻzbekiston rahbariyatining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi (2023 yil) va ShHTning Samarqand sammitida (2022 yil) umumiy xavfsizlik va farovonlik yoʻlida hamjihatlik ruhini yuksaltirish zarurligi, konstruktiv hamkorlikka intilish, shuningdek, tinchlik va barqaror farovonlikka erishish uchun xalqaro hamjamiyatlarning saʼy-harakatlarini safarbar qilish toʻgʻrisida bildirilgan qarashlarini konseptual tarzda aks ettiradi.

Mavzuga oid