Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida

Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri, Oliy majlis senatori, “Doʻstlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi Sirojiddin Sayyid bilan “Adabiyot…

Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida

Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri, Oliy majlis senatori, “Doʻstlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi Sirojiddin Sayyid bilan “Adabiyot haftaligi” doirasida “Maʼrifat ulashib” shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Shoir Sirojiddin Sayyid DTPI rektori Gʻ.X.Raximov boshchiligida institutimizda yaratilgan imkoniyatlar, xususan, RIM markazi, etnografik muzeyi, talabalar turar joylarida boʻlib, oʻzining iliq taassurotlarini jamoaga izhor etdi. Shuningdek, institutimiz huddudiga ijodiy jamoa bilan hamkorlikda archa koʻchatlari ekildi.

Shoir talabalar bilan samimiy suhbat chogʻida bolalik yillari, adabiy muhit, mashhur shoirlar ijodidagi muhim mavzular, sheʼrlarning yaralish tarixi haqida soʻzlab berdi.

Mavzuga oid