Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Qozogʻistondagi portlashda ikki oʻzbekistonlik jabrlandi Kecha kechqurun Buxar-Jirau tumanidagi uylarning birida gaz balloni portlab ketgan.

30 yanvar kuni Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyati Buxar-Jirau tumanidagi ikki qavatli turar-joy binolaridan birida gaz balloni portlashi sodir boʻldi. Portlash oqibatida binoning taxminan 300 kv.m maydoni – devorlari, tom va…

Qozogʻistondagi portlashda ikki oʻzbekistonlik jabrlandi Kecha kechqurun Buxar-Jirau tumanidagi uylarning birida gaz balloni portlab ketgan.

30 yanvar kuni Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyati Buxar-Jirau tumanidagi ikki qavatli turar-joy binolaridan birida gaz balloni portlashi sodir boʻldi.

Portlash oqibatida binoning taxminan 300 kv.m maydoni – devorlari, tom va shift toʻliq qulab tushgan.
Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan maʼlumotga koʻra, ushbu uyda jami 46 kishi yashab kelgan. Portlash vaqtida esa uyda 35 kishi boʻlgan.

Hodisadan soʻng qutqaruv ishlari davomida 7 kishi vayronalar ostidan olib chiqildi.

Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, portlashdan jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor va ular ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Jabrlanganlar – 1989 yilda tugʻilgan R.Xoldarovning tanasi 80 foiz, 1987 yilda tugʻilgan N.Hakimovning tanasi 35 foiz kuyish, shuningdek, bosh miyaning yopiq shikastlanishi, umurtqaning yopiq sinishi kabi jarohatlarni olgan.
Ayni paytda Elchixona holatni nazoratga olgan va Qaragʻanda viloyati politsiyasi va Favqulodda vaziyatlar boʻlimlari bilan aloqa oʻrnatgan.

Mavzuga oid