Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

«Sariosiyo» chegara postida Oʻzbekistonga jangovar oʻq-dorilarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati viloyati bojxona boshqarmasi «Sariosiyo» chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosining qoʻl sumkasidan jangovar oʻq-dorilar topildi. Maʼlum qilinishicha, bojxona chegaralari orqali…

Кирилл
«Sariosiyo» chegara postida Oʻzbekistonga jangovar oʻq-dorilarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati viloyati bojxona boshqarmasi «Sariosiyo» chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosining qoʻl sumkasidan jangovar oʻq-dorilar topildi.

Maʼlum qilinishicha, bojxona chegaralari orqali kontrabanda predmetlari hisoblanuvchi jangovar oʻq-dorilarni fuqarolar tomonidan olib oʻtishga boʻlgan urinishlar uchramoqda. Xususan, «Sariosiyo» chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosi M.A.ning qoʻl sumkasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.

Natijada skaner tasvirlari qoʻl sumkasi ichida shubhali jism borligini koʻrsatgan. Ushbu shaxsning qoʻl sumkasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, sumka ichida kontrabanda predmeti hisoblanuvchi 1 dona «SVD» miltigʻining va 3 dona «AKS», «AK-47», «AKM» rusumli avtomatlarning jangovar patronlari borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid