Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Seminar tashkil etildi

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlari uchun seminar tashkil etildi. Tashkil etilgan seminarda 2022 yil 1 yanvaridan eʼtiboran soliq solish tartibiga…

Кирилл
Seminar tashkil etildi

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlari uchun seminar tashkil etildi.

Tashkil etilgan seminarda 2022 yil 1 yanvaridan eʼtiboran soliq solish tartibiga kiritilgan oʻzgartishlar va yangiliklar xususida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Seminar davomida hisobchilarga mutlaqo yangi tizim “E-aktiv”, “E-imtiyoz” va “E-ijara” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ishlash tartiblari video qoʻllanmalar yordamida batafsil tushuntirildi.
-Seminar men uchun juda qiziqarli va foydali boʻldi, -deydi “Jayxun OKS Qurilish bunyodkor” MChJ buxgalteri Muqaddam Rasulova. – Masalan “E-aktiv” axborot tizimida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy qimmatliklarni roʻyxatga olish, sotib olish, qurish, ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish, shuningdek, ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni qanday aks ettirish kerakligini oʻrgandim. Shuningdek, “E-imtiyoz” va “E-ijara” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish tartiblari xususida keng taasurotga ega boʻldim. Buning uchun seminar tashkilotchilariga minnatdorchiligimni bildiraman.

Seminar yakunida tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid