Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Sirdaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganib davlatga 62 mlrd soʻmdan ortiq zarar keltirgan gaz toʻldirish shoxobchasi aniqlandi

DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi hamda «Oʻzenergoinspektsiya» xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan faol tadbirda, Boyovut tumanidagi avtomobillarga gaz toʻldirishga ixtisoslashgan MChJ tomonidan tabiiy…

Sirdaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganib davlatga 62 mlrd soʻmdan ortiq zarar keltirgan gaz toʻldirish shoxobchasi aniqlandi

DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi hamda «Oʻzenergoinspektsiya» xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan faol tadbirda, Boyovut tumanidagi avtomobillarga gaz toʻldirishga ixtisoslashgan MChJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati aniqlandi.
Oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida mazkur shoxobchada gaz hisoblagich uskunasidan tashqari baypas liniyasi orqali tabiiy gazga ulanib, uni mijozlarga sotib kelinganligi maʼlum boʻldi.

«Oʻzenergoinspektsiya»ning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 41 mln. 666 ming m3 gazdan noqonuniy foydalanish natijasida MChJ tomonidan davlat manfaatlariga 62 mlrd. 488 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid