Surxondaryoda 2023 yil I-chorak davomida 12 mingtadan ortiq Ko‘chmas mulk obyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi 2023 yilning 1 martga kuchga kirgan “KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA 803-son qonuni asosida 2023 yil I-chorak davomida Davlat kadastrlari palatasi…
O‘zbekiston Respublikasi 2023 yilning 1 martga kuchga kirgan “KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA 803-son qonuni asosida 2023 yil I-chorak davomida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 12 ming 719 ta buyurtmalar (arizalar) kelib tushgan.
Shundan,
545 tasi DXM tomonidan bekor qilingan,
3 ming 865 tasi rad etilgan,
10 tasi jarayonda, 500 tasi to‘lov jarayonida,
7 ming798 tasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kelib tushgan buyurtmalar tahlil qilinganda yakka tartibdagi turar joylar 6 ming 557 ta, ko‘p qavatli turar-joylar (kvartiralar) 1 ming 832 ta, yer uchastkalar1 ming 980 ta, bino inshootlar 1 ming 913 ta shuningdek, noturarlar 2 ming 968 ta, turarlar 9 ming 751 tani tashkil etadi – deydi Axborot xizmat rahbari B.Safarov
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-sonli qarori bilan 2021 yil 1 maydan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolati palataning tuman (shahar) filiallaridan viloyat boshqarmasi vakolatiga o‘tkazilgan.