Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Toshkentda O‘zbekiston va Litva tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Litva Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yovita Nelyupshene bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Litva kun tartibidagi…

Toshkentda O‘zbekiston va Litva tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Litva Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yovita Nelyupshene bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Litva kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilinib, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar koʻrish va siyosiy maslahatlashuvlar amaliyotini davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Muzokaralarda BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid