Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +11° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Xushxabar: Qumqoʻrgʻonlik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi

Bugun qadimiy dehqonchilik anʼanalariga ega boʻlgan surxondaryoliklarning gʻayrat-shijoati, mirishkorlik fazilatlari yanada yaqqol namoyon boʻldi. Qumqoʻrgʻonlik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi boʻlib, joriy yilgi paxta topshirish…

Кирилл
Xushxabar: Qumqoʻrgʻonlik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi

Bugun qadimiy dehqonchilik anʼanalariga ega boʻlgan surxondaryoliklarning gʻayrat-shijoati, mirishkorlik fazilatlari yanada yaqqol namoyon boʻldi.

Qumqoʻrgʻonlik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi boʻlib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejani bajardi. “Termiz-Jayhun” klasteri hamda 133 ta fermer xoʻjaligi tomonidan moʻl hosil yetishtirilib, 27 ming 470 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi, uning aksariyat qismi yuqori navlarga sotildi.

Yaxshi xabarning qanoti bor deyishadi. Tuman paxtakorlarining erishgan zafari bugun barcha viloyat ahlini behad mamnun etmoqda.

Qumqoʻrgʻon tumani mirishkorlari erishgan bu ulkan yutuq tafsilotlari bilan bugun mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalar orqali batafsil tanishasiz.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid