Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

2024 yilda 50 dan ortiq mamlakatda saylovlar boʻlib oʻtadi

2024 yilda dunyo aholisining deyarli yarmi saylovga boradi – 50 dan ortiq mamlakatda prezident yoki parlament saylovlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda. Eng katta saylovlar Hindistonda – aholisi 1,4 mlrd boʻlgan…

Кирилл
2024 yilda 50 dan ortiq mamlakatda saylovlar boʻlib oʻtadi

2024 yilda dunyo aholisining deyarli yarmi saylovga boradi – 50 dan ortiq mamlakatda prezident yoki parlament saylovlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.

Eng katta saylovlar Hindistonda – aholisi 1,4 mlrd boʻlgan mamlakatda saylovchilar soni 945 million kishini tashkil etadi.
EIning 27 ta davlatida ham prezident yoki parlament saylovlari boʻlib oʻtadi va ularda 447 million aholi ishtirok etadi.

BRICS aʼzolari Rossiya, Janubiy Afrika va Eronda oʻtkaziladigan saylovlarda 293 million kishi ishtirok etadi.
AQSh, Janubiy Koreya, Meksika va Indoneziyada ham saylovlar boʻlib oʻtadi.
“Eng kichik” saylovlar esa Tuvaluda boʻladi – u yerda 11 mingga yaqin odam yashaydi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid