Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +11° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Amerikalik ayol “fen” sabab bir qoʻlidan ayrildi

AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi Meri Uilson sochlarini fenda quritmoqchi boʻlib, bir qoʻlidan butunlay ayrildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. Gap shundaki, ayol sochlarini quritish uchun vannaga kirganda uni tok uradi…

Кирилл
Amerikalik ayol “fen” sabab bir qoʻlidan ayrildi

AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi Meri Uilson sochlarini fenda quritmoqchi boʻlib, bir qoʻlidan butunlay ayrildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Gap shundaki, ayol sochlarini quritish uchun vannaga kirganda uni tok uradi va hushidan ketib yiqiladi. Taxminan 20 daqiqa davomida soch quritgich uning qoʻli ostida qolib, ishlashda davom etgan. Oqibatda ayolning bir qoʻli kuyib ketgan.

Bundan xabar topgan turmush oʻrtogʻi ayolni zudlik bilan shifoxonaga olib borgan. Lekin kuyish 3-darajali boʻlgani va u suyakkacha yetib borgani uchun qoʻlni butunlay kesib tashlashga toʻgʻri kelgan.

Operatsiyadan soʻng ayol shifoxonada bir oy davolandi va hozirda bir qoʻl bilan yashashni oʻrganmoqda. Baxtsiz hodisadan soʻng Meri Uilson fen ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga qurilmaga avtomatik oʻchish funktsiyasini qoʻshishni taklif qildi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid