Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +3° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Befarq boʻlmang!

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida soliq xodimlari oʻrtasida korruptsion holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida oʻtkazilayotgan navbatdagi…

Befarq boʻlmang!

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida soliq xodimlari oʻrtasida korruptsion holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida oʻtkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbirlar Sherobod, Boysun va Muzrabot tumani soliq inspektsiyalarida boʻlib oʻtdi.

Unda shaxsiy tarkibga korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, mazkur illatga qarshi kurashish printsiplari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish, kasb etikasi va umumbelgilangan odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib boʻlish kerakligi taʼkidlandi.

Soliq toʻlovchilar bilan bevosita muloqotda “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida ish yuritish, korruptsiyaviy huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik va hamkasblarning noqonuniy xatti-harakatlariga ham befarq boʻlmaslik kerakligi tushuntirildi.

Mavzuga oid