Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +3° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi uchun onlayn toʻlov jarayonida texnik uzilishlar kuzatilishi maʼlum qilindi

2 iyul soat 00:00dan 3 iyul soat 22:00gacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi. Ushbu vaqtda qarzdor isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.…

Profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi uchun onlayn toʻlov jarayonida texnik uzilishlar kuzatilishi maʼlum qilindi

2 iyul soat 00:00dan 3 iyul soat 22:00gacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi. Ushbu vaqtda qarzdor isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.

Profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi uchun onlayn toʻlov jarayonida texnik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda isteʼmolchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2024 yil 2 iyul soat 00:00dan 3 iyul soat 22:00gacha maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.

Mazkur vaqt oraligʻida elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisobraqamdagi mavjud maʼlumotlarni olishda texnik uzilishlar boʻlishi mumkin. Isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.  

Mavzuga oid