Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun soliq imtiyozlari
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab: 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga; 5…
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:
3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;
5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;
15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi (https://lex.uz/ru/docs/-4674902#-4689116).
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk soligʻidan, yer soligʻidan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
Soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direktsiyasi oʻrtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investisiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.