Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +12° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Ertaga Qosim-Jomart Tokayev Rossiya masalasida Xavfsizlik kengashining rejadan tashqari yigʻilishini oʻtkazadi

Bu haqida prezident Matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, Qozogʻiston rahbari Rossiyadagi vaziyat bilan bogʻliq holda uning topshiriqlarini bajarish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Bosh vazir, huquqni…

Кирилл
Ertaga Qosim-Jomart Tokayev Rossiya masalasida Xavfsizlik kengashining rejadan tashqari yigʻilishini oʻtkazadi

Bu haqida prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Qozogʻiston rahbari Rossiyadagi vaziyat bilan bogʻliq holda uning topshiriqlarini bajarish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Bosh vazir, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi.

Qoʻshni davlatdagi vaziyatning Qozogʻiston fuqarolari xavfsizligi va mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirining  salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar rejasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid