Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Gruziya bosh vaziri isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili oʻz lavozimini tark etmoqda. Bu haqda u hukumat idorasida boʻlib oʻtgan maxsus brifingda maʼlum qildi. Partiya ichidagi demokratiya haqida gapirar ekan, u «boshqalarga ham imkoniyat berish…

Кирилл
Gruziya bosh vaziri isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili oʻz lavozimini tark etmoqda. Bu haqda u hukumat idorasida boʻlib oʻtgan maxsus brifingda maʼlum qildi.
Partiya ichidagi demokratiya haqida gapirar ekan, u «boshqalarga ham imkoniyat berish kerak», dedi. Garibashvili hukmron «Gruziya orzusi» partiyasiga rais boʻlish taklifini qabul qilganini ham taʼkidladi.

«Partiyamiz asoschisi va faxriy raisi janob Bidzina Ivanishvili, partiya va parlament rahbariyati va aʼzolariga, vazirliklar rahbarlari va har bir xodimga, hukumat apparati xodimlariga, barcha davlat xizmatchilariga Bosh vazirlik faoliyatim davomida koʻrsatgan ulkan qoʻllab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildiraman», – degan Garibashvili.
Bugun ertalab Imedi telekompaniyasi, «Gruziya orzusi»ning amaldagi raisi Irakliy Kobaxidze va bosh vazir Irakliy Garibashvili oʻzaro oʻrin almashishi kutilayotgani haqida xabar berdi.

Hukumat tarkibidagi oʻzgarishlar ham rejalashtirilgan, bu haqda hukmron partiya 1 fevralga belgilangan qurultoyda eʼlon qiladi.
Garibashvili bosh vazirlikka 2021 yil fevralda kelgandi. U avval ham (2013-2015) bosh vazir boʻlgan.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid