Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Istanbulni suv bosishi oqibatida halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bor-yo‘qligi o‘rganildi

Turkiyaning Istanbul shahrida 5-sentabr kuni kuchli yomg‘irlar tufayli shaharning ayrim qismlarini suv bosgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi tabiiy ofatdan halok bo‘lganlar…

Кирилл
Istanbulni suv bosishi oqibatida halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bor-yo‘qligi o‘rganildi

Turkiyaning Istanbul shahrida 5-sentabr kuni kuchli yomg‘irlar tufayli shaharning ayrim qismlarini suv bosgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi tabiiy ofatdan halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.

Bosh konsulxonaning bildirishicha, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 4 nafar shaxs vafot etgan va bir nechta kishi jarohat olgan. Bosh konsulxona Istanbul viloyat hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanishi natijasida vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini o‘rgandi. Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida diplomatik vakolatxonaga ma’lumot kelib tushmagan.

Turkiyada 5-sentabr kuni kechqurun kuchli yomg‘irlar bir vaqtning o‘zida bir nechta viloyatlarni qamrab oldi. Istanbulda esa tabiiy ofatdan eng ko‘p Bashakshehir tumani zarar ko‘rdi. U yerdagi kanal o‘zanidan toshib, bir qancha mashinalarni sel olib ketdi. Yomg‘ir oqibatida metro bekati va kutubxonani ham suv bosdi.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda 2,1 mingdan ortiq xodim ishlamoqda.
Istanbul aeroporti yaqinidagi tunnel ham suv ostida qolgan, bu esa yo‘lovchilarga aeroportga yetib borishga to‘sqinlik qilmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid