Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Kolumbiyada xonanda Shakiraning sharafiga haykal ochildi

Qoʻshiqchi Shakira tugʻilgan Barrankilya shahrida uning sharafiga bronza haykal oʻrnatildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda. Haykaltarosh Yino Markes 2005 yilda Hips don’t lie qoʻshigʻi uchun musiqiy videodan qoʻshiqchining raqs…

Кирилл
Kolumbiyada xonanda Shakiraning sharafiga haykal ochildi

Qoʻshiqchi Shakira tugʻilgan Barrankilya shahrida uning sharafiga bronza haykal oʻrnatildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Haykaltarosh Yino Markes 2005 yilda Hips don’t lie qoʻshigʻi uchun musiqiy videodan qoʻshiqchining raqs harakatini aks ettiruvchi 6,4 metr balandlikdagi haykal yaratdi.

Xonanda oʻzining Instagram sahifasida buni ota-onasi bilan baham koʻrishidan xursandligini aytib, post qoldirdi. Shuningdek, u haykal yonida oila aʼzolarining fotosuratlarini ham joylashtirdi.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yilda Shakira Kataloniyaning “Barselona” futbol klubi himoyachisi Jerar Pike bilan sportchining xiyonati tufayli ajrashdi.

Pike va Shakira 2011 yildan beri munosabatda boʻlishgan, ammo nikohni rasmiylashtirmaganlar. Ular Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida uchrashishgan. Oʻshanda qoʻshiqchi chempionatning madhiyasi boʻlgan Waka Waka qoʻshigʻiga klip suratga olgan, futbolchi esa suratga olishda ishtirok etgan. Ularning ikki farzandi bor.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid