Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Ledi Gaga, Kim Kardashyan va makiyajsiz tanib boʻlmaydigan boshqa yulduzlar (foto)

Dita Fon Tiz Ditani muxlislari uni kamdan kam hollarda makiyajsiz koʻrgan. U sayrga chiqqanida, sayohatda va tongda qahvaxonaga kirganida ham hamisha «obrazda» boʻladi. Uni qizil pomadasiz, koʻzlaridagi strelka va tiniq…

Ledi Gaga, Kim Kardashyan va makiyajsiz tanib boʻlmaydigan boshqa yulduzlar (foto)

Dita Fon Tiz

Ditani muxlislari uni kamdan kam hollarda makiyajsiz koʻrgan. U sayrga chiqqanida, sayohatda va tongda qahvaxonaga kirganida ham hamisha «obrazda» boʻladi. Uni qizil pomadasiz, koʻzlaridagi strelka va tiniq koʻrsatadigan tonal kremsiz tasavvur bilib boʻlmaydi.

Kayli Jenner

Kaylining makiyajsiz koʻrinishi Instagram’dagi suratlaridan farq qiladi. Boʻyanmaganida yuzlaridagi sepkillar va koʻzlari ostidagi koʻkarishlar shundoqqina koʻzga tashlanadi. Ammo shu bilan birga, quyuq makiyajsiz yosh va tabiiy koʻrinadi.

Yeva Longoriya

Yevani uzun strelkalar, yopishtirilgan kipriklar va tonal kremsiz tasavvur qilish mushkul. Aslida esa Yevaning yuz rangi ham tamoman boshqacha. Bir necha marta paparatstsi taʼqibidan qochib qutula olmagan Yevaning makiyajsiz suratiga nazar tashlab, uni tamoman boshqa deb oʻylash mumkin.

Ani Lorak

Rus estradasi yulduzi Ani Lorak ham yuzini yaxshilab konturing qilishni va yorqin pomada surtishni yaxshi koʻradi. Qolaversa, u koʻzlariga alohida urgʻu berishni ham xush koʻradi. Kosmetikasiz esa uni tanib boʻlmaydi.

Kim Kardashyan

Koʻpchilik modelni makiyajsiz ham goʻzal koʻrinadi deb oʻylaydi. Aslida esa pardozli va pardozsiz koʻrinishi solishtirilsa, birinchisi koʻproq oʻzining mumdan yasalgan nusxasiga oʻxshaydi.

Renata Litvinova

Qora strelka, qizil pomada va yorqin teri rangi Renataga xos retro obraz sanaladi. Yuzidagi makiyajini yuvib tashlasha bormi, unchalik ham huriliqo boʻlmagan oddiy ayolga aylanadi.

Ledi Gaga

Vizajisti konturing orqali xonandani yuziga oʻziga xos tarzda urgʻu berishni uddasidan chiqadi. Hatto burni va yonoqlari ham aslidan jozibaliroq koʻrina boshlaydi.

Adel

Muxlislar xonandaning makiyajsiz selfilarini tomosha qilishni yaxshi koʻradi. Uning samimiyligi va oddiyligidan shou-biznesning boshqa vakillari ham oʻrnak olsa arziydi. Makiyaj borasida Adel strelka chizib koʻzlarini katta koʻrsatishni afzal biladi. Podvodka surtmaganida esa boshqa odamga aylanadi-qoladi.

Mavzuga oid