Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +12° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Makkada 14 nafar ziyoratchi issiqdan vafot etdi

Ularning barchasi Iordaniya fuqarosi boʻlgan. Saudiya Arabistonida haj vaqtida Iordaniyadan kelgan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi. Maʼlumotlarga koʻra, 17 nafar ziyoratchi bedarak yoʻqolgan. Saudiya Sogʻliqni saqlash vazirligi havo…

Кирилл
Makkada 14 nafar ziyoratchi issiqdan vafot etdi

Ularning barchasi Iordaniya fuqarosi boʻlgan.

Saudiya Arabistonida haj vaqtida Iordaniyadan kelgan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 17 nafar ziyoratchi bedarak yoʻqolgan. Saudiya Sogʻliqni saqlash vazirligi havo harorati keskin koʻtarilishidan ogohlantirgan va ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda boʻlmaslikni soʻragan.

Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi Saudiya hukumati bilan marhumlarning jasadlarini ularning oilalari xohishiga koʻra dafn etish yoki tashish tartib-qoidalarini muvofiqlashtirayotganini aytdi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid