Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

«Muhtasham yuz yil» seriali bosh qahramoni Maryam Uzerlining ozish siri nimada?

Turkiyaning eng mashhur seriallaridan birining yulduzlari nozik qomat sirlariga ega. Irem Xelvajioʻgʻlu, Vahide Perchin, Xuliya Avshar va boshqalar tasdiqlangan usullar tufayli tashqi koʻrinishini yaxshi saqlab kelmoqda. Turk-nemis…

Turkiyaning eng mashhur seriallaridan birining yulduzlari nozik qomat sirlariga ega. Irem Xelvajioʻgʻlu, Vahide Perchin, Xuliya Avshar va boshqalar tasdiqlangan usullar tufayli tashqi koʻrinishini yaxshi saqlab kelmoqda.
Turk-nemis aktrisasi ekranda kelib chiqishi slavyan boʻlgan, Usmonli Sultoni Sulaymonning rafiqasi – Xurram obrazini aks ettirgan. Loyihaning birinchi qismlarida Maryam toʻlacha koʻrinishda paydo boʻlgan. Bu rejissyorlar yulduzdan 13 kilogramm vazn yigʻishni soʻragani sababli sodir boʻlgan. Serial yakunidan soʻng aktrisa ilk bor ona boʻldi.
Shundan soʻnggina aktrisa parhez tuta boshladi. Uning parhezi qaynatilgan mol va tovuq goʻshti, salat, yasmiq, tabiiy yogurt va yongʻoqlardan iborat edi. U qovurilgan ovqatlar, gazaklar va kolbasalarni butunlay yoʻq qilishiga toʻgʻri kelgan. Maryam kechki soat oltidan keyin ovqat yemaydi, haftasiga uch marta sport bilan shugʻullanadi va zanjabilli choy ichadi.

Mavzuga oid