Ozor yetsa, kechiring va…
gʻazabga toʻlmadi ham. Uni shifoxonaga yetkazib, ikkinchi bora jarrohlik amalini oʻtkazishganida, yigit bu haqda hech kimga nolimay, devorga qarab jimgina yotaverdi. Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, bemorning ahvolini bilish uchun…
gʻazabga toʻlmadi ham. Uni shifoxonaga yetkazib, ikkinchi bora jarrohlik amalini oʻtkazishganida, yigit bu haqda hech kimga nolimay, devorga qarab jimgina yotaverdi.
Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, bemorning ahvolini bilish uchun otboqar yotgan xonaga boshqa – yangi kelgan shifokor kirdi. Avvalgi hamkasbining oʻrniga ishga qoʻyilgan bu doktor otboqarning qoʻlini koʻrgach, bemorining bunchalar gʻamgin kayfiyati sababi bilan qiziqdi. Yigit istamaygina boshidan oʻtgan voqeani gapirib berdi.
– Yovvoyi hayvon jarohat yetkazgani uchun shunchalik parokanda boʻlish yaramaydi, axir uning tabiati oʻzi shunaqa. Bunaqa vaziyatda…
– Bilaman, bu mahluqni kechir, demoqchimisiz?!.. – baqirib yubordi oʻrnidan sakrab turgan yigit. – Yana uni kechirishim va unutishim kerakmi? Hech qachon! Uni hech qachon kechirmayman! Oʻtgan safar bir shifokor menga uni kechirishim va unutishim kerakligini aytgandi. Men kechirdim! Unutdim ham! Mana, koʻring ahvolimni!
– Koʻrib turibman, – xotirjam dedi shifokor. – Oʻshanda yetkazgan ozori uchun yoʻlbarsni kechirishga va barini unutishga oʻzingizda kuch topdingiz. Ammo men sizga kechiring va unuting, demoqchi emasman, kechiring va doim yodda tuting, demoqchiman…
Otboqar yigitning qoʻli ancha yaxshi boʻlib qolgach, u yana hayvonot bogʻiga bordi. Yoʻlbarsning qafasi yoniga kelgach, bu kuchli va chiroyli jonivorga ancha vaqt jimgina qarab turdi-da, keyin dedi:
– Yetkazgan jarohatlaring uchun men seni kechirdim, yoʻlbars. Bu ishingdan avval rosa gʻazablangandim, ammo hozir vahshiylik sening tabiating ekanligini tushunaman. Qanday boʻlmasin, yana seni koʻrgani kelaman. Xayr, yoʻlbars, ammo kechir, bu safar senga qoʻlimni uzatmayman!..