Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +12° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Prigojin shifoxonaga yotqizildi

Rossiyalik mashhur prodyuser Iosif Prigojin toʻsatdan tashqari shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi. Ushbu vaziyat haqida prodyuserlik markazi direktori va Prigojinning birinchi yordamchisi Stanislav…

Кирилл
Prigojin shifoxonaga yotqizildi

Rossiyalik mashhur prodyuser Iosif Prigojin toʻsatdan tashqari shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi.
Ushbu vaziyat haqida prodyuserlik markazi direktori va Prigojinning birinchi yordamchisi Stanislav Kalinkin OAVga maʼlum qildi. Prigojinning shifoxonaga yotqizilish sabablari hozircha ochiqlanmagan.

Ammo shu kunga qadar ham prodyuserning sogʻligʻi bir necha bor yomonlashgandi. Xususan, aprel oyida suratga olish maydonchasiga prodyuser uchun tez yordam chaqirilgandi. Bundan tashqari, uning hamkasbi Lera Kudryavtsevaning aytishicha, Prigojin sogʻligʻining yomonligi va uyqusizlikdan shikoyat qilgan. Keyinroq esa, unga mikroinsult, ishemik xuruj tashxisi qoʻyilgan.
Maʼlumot uchun, Iosif Igorevich Prigojin 1969 yil 2 aprelda Maxachqalʼada tugʻilgan. U “Yil prodyuseri”, “Oʻn yillikning eng yaxshi prodyuseri”, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” mukofotlari laureati.

Yillar davomida u qoʻshiqchi Valeriya, Vaxtang Kikabidze, Nikolay Noskov, Aleksandr Marshal, Avraam Russo, Kristina Orbakayte, Valeriy Didyulya va boshqalar bilan musiqalar yaratgan. Shuningdek, Prigojen Rossiya musiqa festivallari, kontsertlari va teledasturlari tashkilotchisi, “Avto Plyus” telekanalining bosh direktori.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Britaniyalik qoʻshiqchi va bastakor Elton Jon baxtsiz hodisa oqibatida jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid