Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Putin Asad bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. “Sizni koʻrganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi…

Putin Asad bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizni koʻrganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi boʻlayotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni koʻrib turibmiz. Bu toʻgʻridan toʻgʻri Suriyaga ham taalluqlidir”,  degan Putin.

Oʻz navbatida, Asad ham butun dunyoda va Yevrosiyo mintaqasida roʻy berayotgan barcha voqealarni inobatga olib, bugungi uchrashuv ushbu voqealar rivojining barcha tafsilotlarini, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan istiqbollar va stsenariylarni muhokama qilish uchun juda muhim ekanini qayd etdi.

Asad oxirgi marta Rossiyaga 2023 yilning mart oyida borgan.

Qayd etish joizki, 2024 yil boshidan buyon matbuotda Asad va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan oʻrtasidagi ilk uchrashuv Rossiyada boʻlib oʻtishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq AQSh armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka viloyatidagi bazasiga 40 nafar qoʻshimcha kuch yuborgandi.

Mavzuga oid