Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +13° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Putin oʻz qarindoshini mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz qarindoshini mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinladi, deb yozadi DW. Putinning ushbu lavozimga Anna Tsivilyovani tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni 17 iyun kuni huquqiy axborot portaliga…

Кирилл
Putin oʻz qarindoshini mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz qarindoshini mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinladi, deb yozadi DW. Putinning ushbu lavozimga Anna Tsivilyovani tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni 17 iyun kuni huquqiy axborot portaliga joylangan.

Boshqa bir farmon bilan esa mudofaa vaziri oʻrinbosari etib Pavel Fradkov — 2004—2007 yillarda Rossiya hukumatiga rahbarlik qilgan Mixail Fradkovning oʻgʻli tayinlangan. Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga esa Leonid Gornin tayinlangan.

Anna Tsivilyova — Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilyovning rafiqasi. OAVlarda Sivilyovaning Putin bilan ehtimoliy qarindoshlik aloqalari haqida koʻp marta yozishgan: jurnalistlar maʼlumotlariga koʻra, u prezidentning ota tomondan jiyani (amakivachchasining farzandi).

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid