Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +13° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 14 kishi halok boʻldi

Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida Iordaniyadan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi. Yana 17 nafar ziyoratchi bedarak yoʻqolgan.Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Reaturs xabar berdi. Haddan tashqari jazirama tufayli…

Кирилл
Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 14 kishi halok boʻldi

Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida Iordaniyadan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi. Yana 17 nafar ziyoratchi bedarak yoʻqolgan.Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Reaturs xabar berdi.

Haddan tashqari jazirama tufayli kamida olti nafar ziyoratchi halok boʻldi: 17 iyun kuni kechqurun Makkada havo harorati +47°C ga etadi. Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligi havo harorati keskin koʻtarilishidan ogohlantirdi va ziyoratchilarni soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda boʻlmaslikni soʻradi.

Haj musulmonlarning Makkaga ziyorat qilishidir. Oʻtgan yili Makkaga Haj ziyoratiga 1,8 million ziyoratchi kelgan. Haj 14 iyunda boshlanadi va 19 iyunda tugaydi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid