Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Sherobod tumanidagi Imom Termiziy yodgorlik majmuasida media-tur tashkil etildi

Sherobod tumani azaldan oʻzining soʻlim tabiati, tarixiy qadamjolari bilan kshpchilikning eʼtibor markazida boʻlib kelgan. Bu esa oʻz-oʻzidan tumanda ichki va tashqi turizm rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Madaniy merosni…

Sherobod tumanidagi Imom Termiziy yodgorlik majmuasida media-tur tashkil etildi

Sherobod tumani azaldan oʻzining soʻlim tabiati, tarixiy qadamjolari bilan kshpchilikning eʼtibor markazida boʻlib kelgan. Bu esa oʻz-oʻzidan tumanda ichki va tashqi turizm rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Madaniy merosni avrab-avaylash, uni kelgusi avlodlarga yetkazishni targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan media-tur OAV xodimlari hamda ijtimoiy tarmoq faolllari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari “Choʻmishli” mahallasi hududida joylashgan Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy yodgorlik majmuasida boʻlib, ulugʻ alloma va yodgorlik haqida keng maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Yirik muhaddis olim sifatida shuhrat qozongan Termiziy bobomizning qabri joylashgan mazkur majmua yilning toʻrt faslida ham mahalliy va xorijiy sayyohlar bilan gavjum boʻlib, ushbu manzil tumandagi turizm uchun eng qulay manzilgohlardan biri sanaladi.


Navbatdagi manzil tumanning “Chorbogʻ” mahallasi hududida joylashgan Xoʻjaikon tuz gʻori boʻldi. Ushbu shifobaxsh maskan Markaziy Osiyoda yagona boʻlib, bu yerdagi tuz toshlari bugungi kunda ajoyib suvinerlar tayyorlash uchun ham xizmat qilmoqda.
Ushbu maskanga mahalliy va xorijiy mehmonlar asosan shifo izlab kelishadi. Aytishlariga qaraganda, gʻordagi tuzlar yurak, asab va nafas olish organlari bilan bogʻliq xastaliklarga davo boʻlishi maʼlum qilindi. Surxon zamini boy tarixga ega boʻlishi bilan birga bu yerda juda koʻp madaniy meros obʼektalari mavjud. Ularni bor holicha saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish shu yurtda yashovchi har bir fuqaroning burchidir. Medea-tur bu davomida jihatlar alohida urgʻulandi.

Mavzuga oid