Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya oʻrtasidagi vaziyat jiddiy tus olmoqda (video)

Janubiy Koreya qoʻshinlari Sariq dengizdagi orollarda oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida 400 ga yaqin snaryad otdi. Bu Pxenyan demarkatsiya chizigʻidan shimoldagi hududlarni oʻqqa tutishda qoʻllagan miqdordan ikki barobar koʻp. Janubiy…

Кирилл
Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya oʻrtasidagi vaziyat jiddiy tus olmoqda (video)

Janubiy Koreya qoʻshinlari Sariq dengizdagi orollarda oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida 400 ga yaqin snaryad otdi. Bu Pxenyan demarkatsiya chizigʻidan shimoldagi hududlarni oʻqqa tutishda qoʻllagan miqdordan ikki barobar koʻp.

Janubiy Koreya tomoni Seul haqiqiy dengiz chegarasi deb hisoblagan shimoliy demarkatsiya chizigʻidan janubdagi suvlarda shartli nishonlarga zarba berdi. Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari 2017 yil avgustidan buyon ilk bor shimoli-gʻarbiy orollarda K9 oʻziyurar qurollarini qoʻllagan. 2018 yilning 19 sentyabr kuni artilleriyadan oʻq otish taqiqlangan nishonlarda dengiz bufer zonalarini belgilash toʻgʻrisida Koreyalararo kelishuv tuzilgandi. Seul noyabr oyida aygʻoqchi sunʼiy yoʻldosh uchirilishiga javoban qisman unga rioya qilishni toʻxtatgach, Pxenyan kelishuvdan 2023 yilda voz kechgan.

Yonpxyondo orolida evakuatsiya buyrugʻi Janubiy Koreya harbiylari u yerda mashgʻulotlarni boshlashdan oldin berilgan. Aholidan “otishma amaliyoti davomida” boshpanalarga borish soʻralgan.
Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qoʻmitasining taʼkidlashicha, juma kuni Shimoliy Koreya qirgʻoq artilleriyasi mahalliy vaqt bilan taxminan soat 09:00 dan 11:00 gacha Yonpxyondo va Pennyondo orollari tomon 200 dan ortiq snaryad otgan. Janubiy koreyalik tinch aholi va harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar yoʻq.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid