Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +13° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

“Tolibon” tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistondan elektr energiyasi soʻradi

“Tolibon” tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy Oʻzbekistondan shartnoma asosida elektr energiyasi eksport qilishni soʻrab, murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi. Mutaqqiy bunga…

Кирилл
“Tolibon” tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistondan elektr energiyasi soʻradi

“Tolibon” tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy Oʻzbekistondan shartnoma asosida elektr energiyasi eksport qilishni soʻrab, murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Mutaqqiy bunga Afgʻonistonning Kobul shahri va viloyatlarida elektr energiyasi taqchilligi davom etayotganini sabab sifatida koʻrsatgan.

Shuningdek, u Kobuldagi Afgʻoniston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi ochilishida Oʻzbekiston hukumati va Afgʻoniston elektr energiyasi kompaniyasi oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq oʻz vaʼdalarini bajarishiga umid bildirgan.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi Afgʻonistonning qator viloyatlarini taʼminlab kelayotgan edi. Kobul hamda Parvon, Kapisa, Panjsher, Nangarhor, Lagʻmon, Logar, Paktiy, Xost, Maydon Vardak, Gʻazni va Bagʻlon viloyati shular jumlasidan.

Maʼlumot oʻrnida, 2023 yilning 13 yanvar kuni texnik nosozlik tufayli Oʻzbekistondan Afgʻonistonga eksport qilinadigan elektr energiyasi toʻxtatgan edi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid