Dushanba, 16-noyabr, 2026 Termiz +11° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Tramp politsiyani isloh qilish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi

16 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda politsiya xizmatini isloh qilish toʻgʻrisidagi ijroiy qarorni qabul qildi. Taʼkidlanishicha, «Xavfsiz jamoalar uchun xavfsiz politsiya toʻgʻrisidagi» qarorda politsiya idoralari…

Кирилл
Tramp politsiyani isloh qilish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi

16 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda politsiya xizmatini isloh qilish toʻgʻrisidagi ijroiy qarorni qabul qildi.

Taʼkidlanishicha, «Xavfsiz jamoalar uchun xavfsiz politsiya toʻgʻrisidagi» qarorda politsiya idoralari tomonidan hibsga olish paytida mahbusni boʻgʻish taqiqlanishi va umuman mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilish amaliyotidan foydalanish lozimligi belgilanadi.

«Biz har qanday irq, din, rang va eʼtiqodga mansub amerikaliklarga xavfsiz kelajakni taʼminlash uchun tarixiy qadamni qoʻymoqdamiz. Bu katta qadam, juda katta — ilgari qoʻyilmagan qadamdir», — dedi Tramp qarorni imzolash marosimida.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid