Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Vengriyada yangi Prezident saylandi

Vengriya parlamenti Konstitutsiyaviy sud raisi Tamash Shuyokni respublikaning yangi Prezidenti etib sayladi. Bu haqda “Index.hu” xabar berdi. Shuyok nomzodi uchun 134 deputat ovoz bergan, besh deputat qarshi chiqqan. Shuyok yuridik…

Кирилл
Vengriyada yangi Prezident saylandi

Vengriya parlamenti Konstitutsiyaviy sud raisi Tamash Shuyokni respublikaning yangi Prezidenti etib sayladi. Bu haqda “Index.hu” xabar berdi.
Shuyok nomzodi uchun 134 deputat ovoz bergan, besh deputat qarshi chiqqan.
Shuyok yuridik maslahatchi, huquqshunos va Avstriyaning faxriy konsuli boʻlgan. U 10 yil Konstitutsiyaviy sudning aʼzosi, 2016 yildan buyon esa uning raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

10 fevral kuni Vengriyaning oldingi prezidenti Katalin Novak mehribonlik uyidagi jinsiy zoʻravonlik ishini yashirganlikda ayblangan erkakning avf etilishi bilan bogʻliq janjal ortidan isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgan. Shuyok uning oʻrnini egalladi.

Maʼlumot uchun, Vengriya Prezidenti barcha vengerlarni birlashtirishi kerak boʻlgan siyosiy arbob hisoblanadi va mamlakat fuqarolari uning asosiy rolini aynan shu yerda koʻradi. Shu bilan birga, uning vakolatlari ancha cheklangan (u qonunlarni imzolaydi, saylov sanasini belgilaydi, sudyalarni tayinlaydi va hokazo). Vengriya parlamentar respublika boʻlib, asosiy hokimiyat Bosh vazir va hukumat qoʻlida toʻplanadi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid