Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Yaponiyada xususiy kompaniya tomonidan uchirilgan raketa portlab ketdi

Yaponiyada Space One xususiy kompaniyasi tomonidan birinchi sunʼiy yoʻldosh uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari xabar berdi. Bugun, 13 mart kuni Yaponiya gʻarbidagi Vakayama prefekturasidagi…

Кирилл
Yaponiyada xususiy kompaniya tomonidan uchirilgan raketa portlab ketdi

Yaponiyada Space One xususiy kompaniyasi tomonidan birinchi sunʼiy yoʻldosh uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari xabar berdi.

Bugun, 13 mart kuni Yaponiya gʻarbidagi Vakayama prefekturasidagi xususiy Space Port Kii uchirish maydonida 18 metrlik Kairos raketasi uchirilganidan koʻp oʻtmay portlagan. Raketa parchalari uchish joyiga yaqin tushgan va kuchli yongʻin chiqqan.
“Birinchi Kairos raketasining uchirilishi amalga oshirildi, ammo biz parvozni toʻxtatish choralarini koʻrdik”, deya tushuntirish bergan Space One kompaniyasi.

Missiyaning muvaffaqiyatsizligi sabablarini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning yanvar oyida Shimoliy Koreya yangi turdagi “Pulxvasal-3-31” qanotli strategik raketasini ilk sinovdan oʻtkazgandi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid