11 oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 57,3 mlrd AQSh dollariga yetgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSh dollariga yetgan. ✅ Tashqi savdo aylanmasi hajmi oʻtgan yilning mos davriga…
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSh dollariga yetgan.
✅ Tashqi savdo aylanmasi hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 26,2 % ga oshgan.
Eksport – 23,2 mlrd (30,6 % ga oshgan)
Import – 34,1 mlrd (23,3 % ga oshgan)
✅ Oʻzbekiston 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida jahonning 199 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
✅ TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,3 %), Rossiya (15,5 %), Qozogʻiston (7 %), Turkiya (5 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.