Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi

Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi O‘zbekiston Respublikasining 891-sonli Qonuni (https://t.me/soliqnews/12180)bilan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar…

Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi

Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasining 891-sonli Qonuni (https://t.me/soliqnews/12180)bilan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlari muddati yana 4 yilga uzaytirildi.

Qonunga muvofiq 2022-yil 1-apreldan 2028-yil 31-dekabrgacha:

–O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

–O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;

–O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.

Mavzuga oid